Men insonman. Men sevishim kerak. Eljernon uchun gullar romani haqida

Daryo kolumnisti Nurbek Alimov Jahon adabiyotining eng buyuk asarlari rukni doirasida mashhur badiiy asarlarni tahlil qilishda davom etadi. Bu hafta uDeniel Kizning Eljernon uchun gullar qissasi haqida hikoya qiladi.FleshbekBolaligimda juda kop fantastik asarlar oqir edim. Deniel Kiz asarlari bilan ilk bor talabalik davrlarimda tanishganman. Buning tarixi juda qiziq. Osha paytlarda men St1m taxallusli rep ijrochisining qoshiqlarini tinglab yurar edim. Keyinchalik u alter-egosiga ega boldi. Yani yuzini niqob bilan yashirib, umuman boshqa taxallus ostida ijod qila boshladi. Uning yangi taxallusi Billi Milligan edi. Internetda Billi Milligan kimligiga qiziqib kordim. Billi Milligan ismli shaxs psixiatriyada misli korilmagan fenomen inson edi. U haqda koproq oqishga qiziqib, Deniel Kizning Billi Milliganning sirli tarixi nomli kitobini topdim. Asar meni juda qoyil qoldirdi. Shundan keyin uning bundan ham zor yozilgan Eljernon uchun gullar asarini qolga oldim.Asar haqidaDeniel Kizning bu ilmiy-fantastik hikoyasi 1959-yili Fentezi va ilmiy fantastika jurnalining aprel sonida nashr etilgan. Eng yaxshi qisqa ilmiy hikoya nominatsiyasida 1960-yilda Xyugo mukofotiga sazovor bolgan.Kelajakda Kiz hikoyani shu nom ostida toliq roman sifatida yozdi. Roman 1966-yilda Nebyula mukofotiga sazovor boldi. Charli filmidan kadrRoman goyasi 14 yil davomida shakllangan. Uni yozishda Kiz hayotidagi voqealardan ilhomlangan. Bularning barchasi 1945-yilda, ota-onasi Deniel yozuvchi bolishiga qarshi turishi tufayli kelib chiqqan mojarodan boshlangan edi. Kiz bu ota-onasi bilan munosabatlariga putur yetkazishini his qildi. Shunda unga ilk bor inson aqlini tashqi omillar bilan oshirish goyasi keldi. Asosiy voqealar 1957-yilda, Kiz aqli zaif nogiron bolalar maktabida ingliz tilidan dars berib yurganida yuz berdi; talabalardan biri undan: astoydil oz ustimda ishlasam va aqlli bolib qolsam, oddiy maktabga kochib otishim mumkinmi? deb soragan edi oshanda.AnnotatsiyaOttiz ikki yoshli Charli Gordon aqliy zaif. Uning ishi, dostlari va juda kuchli oqib-organish istagi bor. U aqlli bolish umidida xavfli ilmiy eksperimentda ishtirok etishga rozi...Bu fantastik hikoya ajoyib psixologik kuchga ega. U bizni axloqning umuminsoniy masalalari togrisida oylashga majbur etadi. Bir-birimizning ustimizdan tajriba otkazishga haqlimizmi, bu qanday natijalar keltirishi mumkin va eng aqlli yoki eng yolgiz bolib qolish uchun tolashga tayyor bolgan narximiz qancha? Bulgakovning Ityurak va Jek Londonning Martin Iden asarlarida kotarilgan savollarga Deniel Kiz ushbu romanida aniq javob beradi.Tahlil Bu zaif aql-idrokka ega bolgan, nonvoyxona polini tozalovchi bolib ishlaydigan ottiz ikki yoshli Charli Gordon haqidagi hikoya. Charli rivojlanish qobiliyatiga ega bolmagan aqli zaif bolalar maktabi oqituvchisi Alisa Kinnianning etiborini oziga tortadi. Alisa uni tajriba otkazishni istagan universitet tadqiqotchilariga tavsiya etadi. Ular jarrohlik usullari yordamida inson aqlini oshirish usulini topgan edi. Charli bu tajribada birinchi bor sinaluvchi insonga aylanadi. U laboratoriyada undan oldin operatsiyadan otgan tajriba sichqoni Eljernon bilan tanishadi.Charli hayotini yozib borish uchun kundalik tutadi va unda rivojlanishini yozib borish tartibiga rioya etadi. Boshida uning yozuvlari tushunarsiz va imlo xatolariga tola. Operatsiyadan song Charlining idroki bilan birga kundalikdagi yozuvlari ham asta-sekin yaxshilanishni boshlaydi. Siz buni sezasiz. Uni oldinda nimalar kutayotgan ekan-a...Transsendent aqlni qanday tasvirlash mumkin? Yozuvchi buni tasvirlab bera oladigan darajada qobiliyatga ega bolsa ham, qanday qilib oquvchi uni tushunishiga va personajga nisbatan hamdardligiga erishishi mumkin? Eljernon uchun gullar asaridagi Deniel Kizning ajoyib muvaffaqiyati aynan shu maqsadga erishish uchun ochib berilgan ritorikada boldi.Fikrimcha, roman oz vaqtida ushbu format boyicha juda original goyaga ega bolgan bolsa kerak. Hozirgi kunda bu goya atrofiga qurilgan kopgina kitoblar mavjud bolib, ular ham tarixini aytib berish uchun shunday gazeta texnikasidan foydalanadi.Hozir bu format unchalik yangilik emas, ammo men hali ham bu uslubni yaxshi koraman. Oxir-oqibat bizning davrga kelib bu kitob fantastik emas, oddiy va hissiy kitobga aylanib, uning ovozi butun dunyoga yetib boradi. Mark Xeddonning Itning tunda sirli oldirilishi asari kabi.Xususan, men oldinroq oqigan Elizabet Munning Qorongulik tezligi romani ushbu roman bilan juda oxshash mavzuga bagishlangan. U roman ham davolash taklif qilingan yosh autist bemor haqida edi. Eljernonga atalgan gullarni oqigach, yuqoridagi asar undan qariyb 50 yildan keyin yozilgani tufayli plagiatga oxshaydi.Eljernonga atalgan gullar ilmiy fantastika deb tasniflansa ham, bu yerdagi yagona fantastika operatsiyaning ozi xolos. Hikoyaning qolgan qismlari inson psixologiyasiga bagishlangan doston bolib, u mutlaqo realdir. Deniel Kiz.Foto: NTVKeling sizga rostini aytay, bu juda qayguli hikoya. Sahifalar davomida qahramon nihoyat xotiralarini saqlab qolishi bilan u hayotda qanday azoblarni boshdan kechirganini tushunasiz. Eng yomoni, u odamlarning unga bolgan munosabatidan bexabar edi.Yana ham yomoni, Charli atrofda nimalar sodir bolayotganini va dostlari deb taxmin qilgan insonlar uning ustidan kulayotganini anglay boshlaganida edi.Personajni butun asar davomida atrofdagilarning unga nisbatan galati muomalasi taqib qiladi. Uning aqli zaif nogironligi normal munosabatlarga xalaqit bergan paytda ham, keyinchalik daho qobiliyatiga ega bolgach, u tadqiqot obyekti bolib, olimlar tomonidan sotiladigan mahsulotga aylanganidan keyin ham.Romanning yana bir muhim jihati intellekt bilan bir qatorda hissiy rivojlanishning ham muhimligida. Qahramon moslashishi kerak bolgan muammolardan biri uning 32 yoshdagi aqliy qobiliyati va mental holati kichkina bolalarniki kabi edi.Shunday qilib, u tosatdan aqlli bolib qolganida qisqa vaqt ichida yangi hissiy tushunchalarni moslashtira olmaydi. Bu yerda psixiatrning roli juda muhim, dastlab Charli buni qanday amalga oshirilishini bilmasa ham.Yuqorida aytib otganimdek, romanni oqish jarayonida qahramonni his qilmaslik mumkin emas. Bu oquvchini hikoyaga aralashishga majbur qiladi. Oquvchi Charlini qurshab olgan va azob chekishga majbur qilgan odamlardan nafratlanadi... Hatto Charli bundan bexabar bolsa ham.Eljernon uchun gullar men uchun odamlarda aqlning osishi bilan bogliq syujet ustiga qurilgan dunyodagi eng zor ikkita kitobning biridir (ikkinchisi Pol Andersonning Miya tolqini asari). Shaxsiy intellektual iqtidorni oshirish ilmiy fantastika uchun tabiiy mavzu, chunki konseptual shakldagi ekstrasensor idrok yoki boshqa mumkin bolmagan aqliy kuch haqidagi koplab hikoyalar ushbu janr bilan ozgina niqoblanadi. Ammo noaniqlik bilan murojaat qilish fantastikaning vazifasidir.XulosaBu hayajonli, chiroyli, shafqatsiz va mantiqiy sayohat. Inson ongi zulmatdan olib chiqib, yoritiladi; qisqa vaqt davomida aniq ravshanlik paydo bolgandan keyin u yana zulmatga tashlanadi. Har kim ozida xokisor Charli Gordonni aniqlay oladi: uning hikoyasi esa biz insoniyatning ahvoli haqidagi masaldir.Roman bizga kopincha dostlarimiz bilan boladigan klassik munozarani taklif qiladi: Aqlli odam baxtlimi yoki nodon? Fikrlar xilma-xilligi bor va men har ikkala variantning tarafdorlarini bilaman. Ozim esa muallifning fikriga qoshilaman, chunki aqlsiz odam (ozi bundan bexabar) nimagadir imkoniyatlari va odamlarning munosabatini kora oladigan odamlardan kora baxtliroq boladi. Muallifning hikoya qilish uslubi oziga tortadi, shu bilan birga asar juda katta ham emas. Charli filmidan kadrAsarning yakuniga kelsak, shubhasiz uni oqiganlar yakun boshqacha bolishi mumkin emasligiga qoshilsa kerak. Asar siz xohlaganday tugaganida u hech qachon dunyo adabiyotining durdonalari qatoridan joy olmas va shunchaki chiroyli ertak bolib qolgan bolar edi. Texnik tomondan kitobni oqish juda oson, ammo psixologik tarafdan balki oqigan eng ogir asarlardan biri bolib chiqar.IqtiboslarIlgari nodon va ahmoqligimdan nafratlanardi, endi ular aqlim va bilimim uchun nafratlanadi. E xudo! Ular mendan nima xohlaydi?Abadiy bola bolib qolishni istamasangiz, boshqalar yol-yoriq korsatishini kuta olmaysiz. Yechimni ozingizda topishingiz kerak nima togri bolishini his qiling. Ozingizga ishonishni organing;Shubhasiz, televizorga bolgan muhabbat, oylashni xohlamaslik natijasida paydo boladi;Shunchalik ahmoq edimki, ahmoqligimni hatto tushuna olmasdim;Men insonman. Men sevishim kerak.Qiziqarli faktlar- Amerikada bu asar maktab oquv dasturiga kiritilgan;- 1968-yilda rejissor Ralf Nelson Eljernon uchun gullar romani asosida juda muvaffaqiyatli Charli filmini suratga olgan. Charli Gordon roli uchun aktyor Kliff Robertson Oskar mukofotiga sazovor bolgan.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.Mavzuga doir:Sozlar odamga oz fikrlarini yashirish uchun beriladi. Qizil va qora romani haqidaUmri sayohatlarda otayotgan avlod qissasi. Olga Tokarchuk nega adabiyot boyicha Nobel mukofotini oldi?Shayton bilan kelishuv. Gyotening Fausti haqidaJamiyat inson ehtiyojlarini qondirmasa, yovvoyi qonunlar ishga tushadi. Uilyam Goldingning Pashshalar hukmdori romani haqidaKorlar mamlakatida bir kozlilar qirol boladi. Xose Saramagoning Korlik romani haqidaBir qotil tarixi. Patrik Zyuskindning Parfyumer romani haqidaNega dunyoda olimimdan keyin hech narsa ozgarmadi? Buzrukning kuzi diktatorlar taqdiri haqida romanDunyoni qanchalik kop kuzatsam, menga u shunchalik yoqmay ketyapti. Andisha va gurur romani haqidaBolalik insonning asl holatidir. Kichkina shahzoda qissasi haqida

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0