Mirzo Ulugbek tumanida sodir bolgan YTH oqibatida Nexia yolda qazilgan chuqurga tushib ketdi

Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumanidagi Oltintepa kochasida 14-dekabr, shanba kuni taxminan soat 19:10 da yol-transport hodisasi roy berdi. Hodisaga uchragan avtomobil yolda qazilgan chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi. Foto: Toshkent shahar IIBBMalum qilinishicha, Nexia avtomobili haydovchisi 39 yoshli Bobur E. boshqaruvni eplay olmagan hamda avtomobil ogohlantiruvchi belgilarni va tosiqlarni chetlab, tamirlash xizmatlari tomonidan qazilgan chuqurlikka tushib ketgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.Nexia haydovchisining sozlariga kora, YTHga yolda xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan boshqa avtomobil sabab bolgan, ammo u osha transport vositasi rusumini yoki davlat raqamini eslab qola olmagan. Ushbu malumotni tekshirish boyicha choralar korilmoqda, deyiladi IIBB xabarida.Toshkent shahar IIBBning qayd etishicha, chuqur qazilishiga sabab bolgan gaz otkazgichning tamirlash ishlari ancha vaqtdan beri olib borilmoqda. Joriy yilning 22-noyabr kuni tamirlash brigadasi rahbariga nisbatan YHXB xodimlari tomonidan Ozbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksining147-moddasiboyicha, yani ishlar olib borilgan joyda qoidalarga muvofiq ogohlantiruvchi belgilar ornatilmaganligi sababli bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0