Qashqadaryo IIB Qamashida YHXB xodimlari zoravonlikda ayblangan holat boyicha bayonot berdi (video)

Qashqadaryo viloyati IIB 15-dekabr, yakshanba kuni YouTubega Qamashida katta janjal sarlavhasi ostida joylashtirilgan videotasvirga munosabat bildirdi. Foto: Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmatiMazkur videotasvir 8-dekabr, yakshanba kunidagi xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPXB 2-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari safdorlar B.Qudratov, O.Xojanov, kichik serjant I.Boronov xizmat olib borayotgan vaqtda tasvirga olingan.QarshiShahrisabz yolining 46 kilometrida, yani Qamay qishlogidan otuvchi qismida fuqaro G.J. boshqaruvida bolgan Nexia rusumli avtomashinani boshqarish davomida xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelganligi uchun YPX inspektori safdor B.Qudratov uni toxtatib, haydovchiga ozini tanishtirib, oziga va avtomashinaga tegishli hujjatlarni taqdim qilishni soraganida, haydovchi hujjatlarini taqdim etgan.YPX inspektori hujjatlarni tekshirish davomida avtomashina sugurta polisining muddati otib ketgan holda avtomashinani boshqarib yurganligi, bu harakati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kunidagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yol harakati qoidalarining 7-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarliknisodir etganligi uchun haydovchiga nisbatan UZ-19-seriyali 70-235830-raqamli mamuriy bayonnoma rasmiylashtirib, haydovchini mamuriy bayonnoma bilan tanishtirgan va MJtKning 291-moddasi va IIVning 2011-yil 13-iyun kunidagi 68-sonli buyrugining 36-bandida Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va mamuriy huquqbuzarlik togrisidagi ish korilgunga qadar deb korsatilganligiga asosan avtomashina Qamashi tumanidagi Hojibek Abduqahhorovich MChJga tegishli bolgan jarima maydonchasiga joylashtirgan.Shunda Nexiada yolovchi sifatida kelayotgan nomulum fuqaro qol telefoniga YPX inspektorlarini videotasvirga olib, goyoki YPX xodimlari zoravonlik qilib mashinani evakuatorga ortayotganligini, Qamashi tumanida GAIlar shunday ishlar bilan shugullanib yurganligini, haydovchiga ozini tanishtirmaganligini, xizmat guvohnomasi va dislokatsiyasini korsatmaganligini aytib videotasvirga ola boshlaganligi, YPX inspektori kichik serjant I.Boronov ushbu fuqaroga hurmatli fuqaro Siz haydovchi emassiz, YPX inspektori ozini tanishtirdi, men kichik serjant Boronov Ikrom deb ozini tanishtirib xizmat guvohnomasini korsatganida ushbu fuqaro unga baqirmasligini, oraliq masofa saqlashini aytib janjal chiqarishga va ommani yigishga harakat qilgan.Shundan song evakuatorni hujjatlarini korsatmaganligini, uni kim chaqirganligi boyicha turli xil gap-sozlar qilib, ommani oziga jalb qilgan va YPX inspektorlarining ishiga xalaqit bergan. Avtomashinani evakuatorga ortish davomida avtomashinani sudrab tashladinglar, zoravonlik qilib ortayapsizlar, men bolganimda bularga avtomashinani bermasdim, deb haydovchini janjal kotarishga undagan va ushbu holat boyicha prokuratura organlariga hamda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishini aytib videotasvirni yakunlagan.Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB masul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi otkazilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0