Guzorda 7 sinf oquvchisi 26 yoshli yigitni pichoqlab oldirdi. Voqea guvohlari qotillikda bolaga otasi va akasi komaklashganini aytmoqda

2019-yilning 8-yanvar kuni Guzor tumanining Chugurtma qishlogida 13 yoshli bola qotillikka qol urdi. Voqea haqida Daryoga shikoyat qilgan marhum Hasan Urinovning yaqinlari qotil bolaga otasi va akasi yordam berganini aytmoqda. Foto: DaryoVoqea tafsilotlarini organgan Daryo muxbiri Otabek Qoldoshevning yozishicha, qotillikka qol urgan 13 yoshli bola tumandagi 31-maktabning 7-sinf oquvchisi bolgan. 2019-yil 8-yanvar kuni soat chamasi 14:30 larda qaynotamning uyiga keldim va qaynimmarhum Hasan Urinovdan molni kim boqadi, deb soradim, deydi Urinovlar oilasining katta kelini Gavhar Shabarova. Qaynim ozim boqaman, faqat ketmay turing mollarni kochaga haydab chiqarishasiz, dedi. Molni darvozadan chiqarayotganimizni korgan qoshnimiz Ch.T. ikki nafar ogillari Q.Y. va S.Y.lar bilan yolimizni tosib, molni bu yoqda boqmasligimizni, yer ularniki ekanligini aytdi va urush-janjal kotardi. Shunda men qoshnimizga ogillarini uyiga olib ketishini, urush-janjal kerakmasligini aytdim. Ammo ular quloq solishmadi va qaynimni haqoratlay boshlashdi. Gavhar ShabarovaFoto: DaryoGavhar Sharabovaning aytishicha, marhum Hasan Urinov qoshnilarining haqoratlashiga qaramasdan uning gapi bilan uyga kirmoqchi bolgan. Lekin Ch.T va uning ogillari unga Erkakmisan, ayolmisan? Kel buyoqqa, deya uni urishga undagan. Shuncha gapga qaramasdan qaynim uyga kirish uchun darvoza yoniga qaytdi, deydi Gavhar Shabarova. Ammo ular urishga davat etishda davom etdi. Va qaynimning yoniga yugurib borgan Ch.T. uning chap qolidan, ogli Q.Y. esa ong qolidan ushlab, 13 yoshli S.Y.ga qaynimni urushini, oldirishini tayinladi. Shunda 13 yoshli S.Y. qaynimga pichoq sanchdi.Voqeaga guvoh bolgan Urinovlar oilasining ikkinchi kelini Norsuluv Kenjayeva ham marhum Hasan Urinov oldirilayotgan payt ong qolidan Ch.T, chap qolidan esa uning katta ogli Q.Y. ushlab turganini aytmoqda. Qotillik sodir etilgan joyFoto: Daryo Qizimni shifokorga korsatib kelib, kochaga chiqsam baqir-chaqir ovoz eshitildi. Borib qarasam, 3 nafar qoshnimiz, ovsinim va qaynim urushayotgan ekan, deydi Norsuluv Kenjayeva. Shunda ularning yoniga bordim. Qaynimga pichoq urgan S.Y.ni ushlab qolishga harakat qildim. Ammo u meni itarib yubordi va chopib borib qaynimning kokragiga pichoq urdi. Qaynimni oldirishni unga otasi Ch.T. buyurdi. Ogliga ur, oldir, degach ogli oldirdi. Osha paytda qaynimning ong qolidan qoshnimiz Ch.T. chap qolidan esa katta ogli Q.Y. ushlab turgandi. Qaynimda ozini himoya qilish uchun imkon yoq edi.Voqea guvohlarining soziga kora Hasan Urinov pichoqlangach, 3 nafar qoshnisi ham qochib ketgan. Malum muddat otgach esa Ch.T. qaytib kelgan va yordam berishini aytgan. Qaynimga pichoq urilgach, qoshnimiz ikki ogli bilan qochib ketdi, qaynim esa bir muddat shok holatda turdi, deydi Gavhar Shabarova. Songra uning qolidan ushlab, darvoza tomon yetakladim. Qaynim esa ozini boshqarolmay, yiqildi. Qon judayam kop ketdi. Bir pas otgach, qoshnimiz Ch.T. qaytib keldi va yordam berishini aytdi.Gavhar Shabarova hamda Norsuluv Kenjayevalarning malumot berishicha, marhum pichoqlangan payt uyda oila boshliqlaridan hech kim bolmagan. Marhum esa ancha payt pichoqlangan joyida qolib ketgan va kop qon yoqotgan. Baqir-chaqir qilib, qoshnilarni yordamga chaqirdik. Mashina topib shifoxonaga olib borishga harakat qildik, ammo qaynimiz ancha payt osha joyda qolib ketdi, aksiga olib uyda erkaklardan hech kim yoq edi, deydi oila kelinlari. Qochib ketgan qoshnimiz Ch.T. biroz vaqt otib qaytib keldi va qaynimning pichoqlangan joyini uqalab yordam berishga urindi. Ancha paytdan song mashina topib, shifoxonaga olib ketishdi.Marhum yaqinlarining aytishicha, uni shifoxonaga Ch.T. tanishining mashinasida olib ketgan. Ming taassufki, Hasan Urinov yarim yolga ham bormay jon bergan. Shavkat UrinovFoto: Daryo Men osha kuni ishda bolganman, otam ham Buxoroga kozini operatsiya qildirish uchun ketgan bolgan, deydi marhum Hasan Urinovning akasi Shavkat Urinov. Uyda erkak kishi bolmaganidan foydalangan qoshnimiz, ukamni ogillari bilan birgalashib, oldirgan.Shavkat Urinovning fikricha, qotillik avvaldan rejalashtirilgan. Ukam rahmatliga sanchilgan pichoq, maxsus pichoq ekan, deydi Shavkat Urinov. Demakki, qotillik avvaldan rejalashtirilgan. Uyda erkak kishi yoq payt sodir bolishi ham juda shubhali.Navqiron oglidan ajralgan oila boshligi Boynazar Urinov voqeadan song salomatligini yoqotgan. Hozirda toshakka yotib qolgan. Osha voqea sodir bolgan kuni tushdan song uyga keldim. Kelsam, uyimizni IIB xodimlari bosgan, deydi Boynazar Urinov. Voqea haqida eshitgach, kelinlarimdan surishtirdim. Bilsam, ularni ham tergovga olib ketishgan ekan. Marhumning ota-onasi Boynazar Urinov va Zuhra PolatovaBoynazar Urinovning malum qilishicha, oilaning har ikkala kelini guvoh sifatida IIB xodimlari tomonidan voqea sodir bolgan kuni kechki payt soat 16:00 da olib ketilgan va 9-yanvar kuni tong azon soat 4 da qoyib yuborilgan. Osha kuni kech soat 16:00 da IIB xodimlari bizni olib ketishdi va ertasi kuni tong soat 4:00 gacha soroq qilishdi, deydi Norsuluv Kenjayeva. Bor voqeani boricha aytdik.Voqeaga guvoh bolgan kelinlarning aytishicha, ular aytgan bazi haqiqatlar guvoh korsatmalari yozilgan qogozda tushirib qoldirilgan. Tong azon bizni shoshirib, tong otyapti tezlashinglar, deb nimalardir yozilgan qogozga hatto oqishga ham qoymay, imzo qoydirishdi, deydi voqea ortidan soroq qilingan kelinlar. Biz ham aytgan gaplarimiz yozildi deb imzo qoyibmiz. Ammo keyinchalik bilsak, biz aytgan korsatmalar ozgartirilgan. Yani qoshnimiz Ch.T. ogliga ur, oldir degan gapni aytgan, degan savolga bizni yoq oldir demadi, ur dedi, deb javob berdi deb yozishgan. Ammo osha kungi soroqda biz tergovchiga Ch.T. ogliga marhum Hasan Urinovni ur, oldir deganini aytgandik. Yana va yana aytamiz. Gapimizdan qaytish yoq.Pichoqlanish ortidan vafot etgan Hasan Urinov yaqinlarining shikoyatiga kora oglini pichoqlagan 13 yoshli S.Y.ga qoshilib, uning otasi Ch.T. va akasi Q.Y. ham voqea ishtirokchisi sifatida jazolanishi kerak. Barcha aybni voyaga yetmagan bola boyniga qoyib, ozlari suvdan quruq chiqqan, deydi Shavkat Urinov. Holbuki, ukamni oldirishni buyurgan va oldirilayotgan payt qolidan ushlab, qotilga komaklashgan uning otasi Ch.T. boladi. Shuningdek, qoshnimizning katta ogli Q.Y. ham ukamning qolidan ushlab turgan. Yani ular ham qotillikka komaklashgan. Lekin buni qarangki, ular osha kuniyoq qoyib yuborilgan. Qani, adolat? Hali chimildiqqa ham kirmagan endigina uylanish niyatida yurgan 26 yoshli ukam olib ketyapti-yu, qotil voyaga yetmagan deb Samarqanddagi 64-maktabga axloq tuzatish uchun yuborilyapti, otasi va akasi esa yallo qilib yuribdi. Shumi adolat? Foto: DaryoAytilishicha, qotilikka qol urgan 13 yoshli oquvchi maktabda ham pichoq olib yurgan. Sinfdosh qizlarni pichoq bilan qorqitar ekan, deydi Norsuluv Kenjayeva. Hatto ozi oqigan 31-maktabdan tashqari 2-maktabga ham borib, oquvchilarni pichoq bilan qorqitgan. Doimiy ravishda pichoq olib yurgan. Profilaktika inspektoriga nega nazorat qilmagansiz? desam, men hammasini qanday nazorat qila olaman deb gapni olib qochadi.Qashqadaryo viloyat prokuraturasining Daryoga malumot berishicha, 2019-yil 8-yanvar kuni haqiqatan ham Chugurtma qishlogida qotillik sodir etilgan. 1993-yilda tugilgan Hasan Orinov qasddan oldirilganligi hodisasi yuzasidan Guzor tumani prokuraturasi tomonidan Ozbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilgan. Tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 2005-yilda tugilgan voyaga yetmagan S.Y. sodir etganligi aniqlanib, jinoyat ishi Ozbekiston Respublikasi JPKning 345-moddasi talabiga kora tegishliligi boyicha tergov harakatlarini tashkillashtirish uchun Guzor tuman IIB huzuridagi tergov bolimiga yuborilgan.Jinoyat ishi boyicha viloyat IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilib, ish boyicha ayblanuvchi S.Y. voyaga yetmagani bois jinoyat ishi JPKning 84-moddasiga asosan tugatilgan.Hozirda jinoyat ishini tugatish qarori bekor qilinib, Ozbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0