Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi doirasida qiymati 6,5 mlrd dollarga teng kelishuv va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

16-dekabr, dushanba kuni Tokioda OzbekistonYaponiya biznes-forumi bolib otdi. Bu haqda Daryoga Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiUnda Ozbekiston tomonidan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari, Yaponiya tomonidan esa ishbilarmon doiralar vakillari yirik xoldinglar, moliyaviy tashkilotlar va kop tarmoqli sanoat korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.Shuningdek, forumda Yaponiya bosh vazirining orinbosari, moliya vaziri Taro Aso, Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO), Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi, Yaponiya biznes federatsiyasi (KEYDANREN) rahbarlari ham qatnashdi. Mazkur tadbirda Yaponiyaning 500 dan ortiq kompaniyalari va tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiOzbekiston delegatsiyasi rahbari Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov tadbirning ochilish marosimida Ozbekiston bilan Yaponiya ortasidagi munosabatlar tizimli, kop qirrali tus olganini takidlab, Yaponiya investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalarda respublikaning strategik sheriklaridan biri ekanini qayd etdi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiForum dasturi oz ichiga yalpi majlis hamda iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari neft-gaz va neft-kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, mashinasozlik va elektrotexnika, oziq-ovqat, toqimachilik va ipak sanoati, charm kiyim-kechak va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, infratuzilma qurilishi va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini yoritishga bagishlangan qator seksion sessiyalarini qamrab oldi. Forum ishtirokchilari Ozbekistonda investitsiya va tashqi savdo faoliyatini olib borish uchun muayyan sektorda yaratilgan shart-sharoitlar bilan batafsil tanishish, hamkorlikning ozaro manfaatlari va istiqbollarini muhokama qilish hamda kelgusida birgalikda ishlab chiqish maqsadida, aniq loyiha takliflarini korib chiqish imkoniga ega boldi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiForum yakunida qoshma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish borasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Xususan, idoralararo darajada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining Savdo siyosati byurosi ortasida iqtisodiy va sanoat hamkorlik togrisidagi memorandum imzolandi. Shuningdek, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi va Yaponiya iqtisodiyot va energetika instituti ortasida ozaro munosabatlar yolga qoyiladigan boldi: Issiqlik taminoti tizimini rivojlantirish dasturi va Ozbekiston taraqqiyotining bosh rejasi birgalikda ishlab chiqiladi.Navoiy viloyatida Yaponiya neft, gaz va metallar milliy korporatsiyasi (JOGMEC) ishtirokida geologik izlanishlar olib boriladi, Yaponiya tibbiy uskunalar sohasida tashqi texnik yordam korsatish tashkiloti (OMETA) esa Toshkentda YaponiyaOzbekiston tibbiyot axborot markazini tashkil etishni reja qilmoqda. Yaponiyaning Isuzu Motors va Itochu Corporation kompaniyalarining Ozavtosanoat AJ bilan hamkorligi orqali avtomobilsozlik sohasiga yirik investitsiyalar jalb qilinadi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiOzbekiston tijorat banklari MUFG Bank va Sumitomo Mitsui Banking bilan kichik va orta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun investitsiyalarni jalb qilish boyicha qator hujjatlarni imzoladi.Forumning yalpi va seksion yigilishlari yakuni bilan energetika, tog-kon sanoati va kimyo tarmoqlari, avtomobilsozlik, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika, sogliqni saqlash va inftratuzilma qurilishi sohalarida investitsiya kelishuvlari va savdo shartnomalari imzolandi. Foto: Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi matbuot xizmatiOzbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrifi doirasida qiymati 6,5 milliard dollarga teng bolgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0