Ozbekistonda qurilishi tugallangan uy va binolarni royxatga olish tartibi soddalashtirildi

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yana bir tartib soddalashtirildi, deb xabar beradi agentlik matbuot xizmati. Foto: Google ImagesShu vaqtga qadar fuqarolar ozlariga tegishli bolgan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda ushbu mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga alohida-alohida ariza bilan murojaat qilib, 2 marta tolov amalga oshirilar va natijasi 11 ish kunidan ortiq vaqt mobaynida kutishga majbur edi.Bu holat esa fuqarolarning kamida ikki yoki uch marta Davlat xizmatlari markazlariga kelishlariga va oqibatda ortiqcha vaqt sarflab, qoshimcha xarajat qilishlariga sabab bolar edi.Endilikda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-iyundagi 478-son qaroriga asosan qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish hamda kochmas mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazish bilan bir vaqtda bitta ariza berish orqali amalga oshiriladi.Buning uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qurib bitkazilgan bino va inshootlarini foydalanishga qabul qilish uchun ariza bilan murojaat qilishlari kifoya.Ushbu arizaga asosan vakolatli idoralar bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolotnomasini tasdiqlaydi hamda kadastr idorasi ushbu mulkka bolgan huquqlarni davlat royxatidan otkazib, natijasi boyicha dalolatnoma va davlat reyestridan kochirma beradi.Bu bilan davlat xizmatini korsatish muddati 2 ish kuniga qisqaradi va qoshimcha tolov undirilishiga barham beriladi.Shubhasiz, ushbu kompozit (turkum) davlat xizmati fuqarolarning vaqti va naqdini tejash bilan birgalikda Jahon bankining Doing Businessreytingida Ozbekistonning qurilish sohasidagi reytingi oshishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0