Sirdaryoda2nafarxodimichki ishlarorganlaridan boshatildi,6nafarigakeskinintizomiy chora qollanildi

Ozbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri orinbosari, polkovnik Rustam Hatamov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va hududiy bolinmalarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan videoselektor yigilishini otkazdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatiKun tartibida xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunchilik va huquqbuzarlik hamda xizmat intizomi buzilishi, shuningdek, kelgusida xodimlar tomonidan salbiy holatlarni oldini olish maqasida amalga oshirilishi lozim bolgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.Rustam Hatamov joriy yilning otgan 11 oyi davomida xizmatda alohida namuna korsatgan hamda yuqori korsatkichlarga erishgan 57 nafar xodim Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan davlat mukofoti bilan taqdirlanganligini aytib otdi. Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmatiBiroq ozining xizmat faoliyatida xato va kamchiliklarga yol qoyayotgan xodimlar ham uchrab turgani qayd etildi. Ana shunday xodimlardan 8 nafariga nisbatan turli xil intizomiy tasir choralari korilgan. Shundan 2 nafar xodim ichki ishlar organlari xizmatidan boshatildi, 1 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 1 nafar xodim xatti-harakatiga intizomiy jazo sifatida maxsus unvonini bir pogona maxsus unvoniga pasaytirilishi boyicha taklif kiritildi, 4 nafar xodimga nisbatan tegishli intizomiy choralari qollanildi.Bundan tashqari, 21 nafar xizmat intizomi va qonunchilikni buzishga moyil xodimlarni, ularning ota-onalari ishtirokida viloyat IIBdagi intizomiy kengashda muhokama etib, ularni ichki ishlar organlarida qolish-qolmaslik masalasini hal etish boyicha topshiriqlar berildi.Shuningdek, vazir orinbosari joriy yilning 11 oyi davomida respublika ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qopol ravishda xizmat intizomi va qonunchilikni buzilishiga yol qoygan holatlarni muhokama etib, kelgusida bu kabi salbiy holatlarni oldini olish boyicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0