Toshkent viloyatida salkam 1200 nafar fuqaroni chuv tushirgan Human bandlik agentligi rahbari ustidan sud boshlandi

Bugun, 16-dekabr kuni jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudida Human xususiy bandlik agentligi rahbari Shohnur Fayzullayevga nisbatan jinoyat ishini korib chiqish boyicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov Daryoga xabar berdi. Foto: Oliy sud matbuot xizmatiSudlanuvchi Shohnur Fayzullayev Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi a bandi, 179-moddasi (Soxta tadbirkorlik), 189-moddasi (Savdo yoki xizmat korsatish qoidalarini buzish) 1-qismi, 192-11-moddasi 2-qismi a bandi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan oz vakolatlarini suiistemol qilish), 227-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi a bandi va 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.Dastlabki tergov organi tomonidan qoyilgan ayblovga kora Toshkent shahrida joylashgan Human xususiy bandlik agentligi MChJning rahbari Shohnur Fayzullayev va boshqalar respublika viloyatlarida vakolatxonalar tashkil etib, jamiyat tashkil topgan kundan 2019-yil 13-sentabrga qadar bolgan vaqt oraligida fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Bolgariya va Litva davlatlariga ishga joylashtirishni vada qilib, har bir fuqarodan taklif etilgan ishdan kelib chiqqan holda 6 300 000 somdan 35 000 000 somgacha pullarni agentlikning bank hisob raqamiga tolash yoli bilan qolga kiritib, ushbu fuqarolarni hech qayerga yubormasdan juda kop miqdordagi pullarini firibgarlik yoli bilan qolga kiritgan.Bundan tashqari, Shohnur Fayzullayev ozining jinoiy harakatlarini davom ettirib, boshqa shaxslar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, tuzilgan jinoiy reja asosida Human xususiy bandlik agentligi MChJni tashkil etib, AKIB Ipoteka bank Yakkasaroy filialidan jamiyat hisob raqamini ochib, gayriqonuniy yollar bilan boylik orttirish maqsadida tovarlar savdosi qoidalarini juda kop miqdorda buzib, 143 080 000 som pul mablagi korxonaning buxgalteriya hisob registrlarida tegishli tartibda aks ettirmasdan belgilangan tartibda bank muassasasiga topshirmaganligi, jamiyatning birlamchi buxgalteriya hujjatlarini yashirib, hujjatli tekshiruvga taqdim qilmaganligi, jinoiy yol bilan topilgan pullarning kelib chiqishiga qonuniy tus berishga erishganligi, soxta tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanib, oz mansab vakolatidan qasddan foydalanib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoriqlanadigan manfaatlariga juda kop miqdordagi zarar yetkazganligi aniqlangan.Jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari Ozbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilgan.Jinoyat natijasida 1 198 nafar fuqaroning manfaatlariga zarar yetkazilgan. Jinoyat ishi doirasida 5 ta kochmas mulk va 5 ta avtotransport vositasi xatlangan.Jabrlanuvchilar kopligi va turli hududlardan bolgani bois ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida ornatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali taminlash rejalashtirilgan.Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boyicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayrulla Rahmonov raisligida korib chiqilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda.AvvalroqHuman xususiy bandlik agentligi rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari yakunlangani hamda ularga nisbatan ikkinchi jinoiy ish qozgatilgani haqida xabar berilgan edi.Mavzuga doir: Human bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi boyicha dastlabki tergov harakatlari yakunlandi Human xususiy bandlik agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan 2-jinoiy ish qozgatildi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0