Mehnat migratsiyasiga oid qonun qabul qilamiz

Barcha mehnat muhojirlari va ularning oila azolari huquqlarini himoya qilish togrisidagi xalqaro konvensiya qoidalarini mamlakatimiz qonunchiligida aks etishi va qollanishi choralarini koramiz hamda tegishli qonun va qonunosti hujjatlari, shu jumladan, Mehnat migratsiyasi togrisidagi qonunni qabul qilish tashabbusi bilan chiqamiz.Biz migratsiya sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish hamda davlat, jamiyat va fuqaro manfaatlariga ijobiy tasir qiladigan migratsiya muammolarini hal qilish uchun kurashamiz.Fuqarolarimiz odam savdosi qurbonlariga aylanmasligi uchun qatiy choralar korishni hamda odam savdosidan jabr korgan hamyurtlarimizni muhofaza etishni dolzarb vazifa, deb bilamiz. Chet elga ishga va oqishga ketayotgan fuqarolarimizning ayrimlari din niqobi ostidagi ekstremistik, fundamentalistik, separatistik goya va oqimlarning tuzogiga tushib qolayotganligidan kelib chiqib, biz ushbu illatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish tashabbusi bilan chiqamiz.Ozbekiston Respublikasi fuqarolarining, xususan, mehnat migrantlarining xorijiy mamlakatlardagi huquqlarini samarali himoya qilish choralarini koramiz.Biz sotsial-demokratiyaning Birdamlik shioriga asosan mamlakatimizda azaldan yonma-yon yashab kelayotgan, ozining milliy, madaniy va diniy ananalariga ega xalqlarning xilma-xilligini mushtarak holda saqlash, bagrikenglik asosida qaror topgan millatlararo totuvlik va dinlararo hamjihatlik munosabatlarini bundan keyin ham asrab-avaylash, turli millat va elatlarning uygun ravishda rivojlanishi uchun barcha zaruriy choralarni koramiz. Biz umumbashariy balo-ofatlar giyohvandlik, ekstremizm va zoravonlik, fohishabozlik, odam savdosi va boshqa illatlarga qarshi butun jamiyat bilan yakdil bolib, faol kurash olib boramiz.Millatlararo va dinlararo hamjihatlik, murosa-yu madora tinchlik va barqarorlik garovi. Biz jamiyatda Birodarlik urf-odat, dostlik qonun! degan ezgu goyaning qaror topishi, Xalqimizga, eng avvalo, tinchlik va xotirjamlik kerak! degan tamoyilni izchillik bilan amalga oshirish tarafdorimiz.Ozbekiston Adolat SDP matbuot xizmatiReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0