Samarqandda bir yil ichida 5 mingdan ortiq rasmiy nikohsiz yashayotgan oilalar aniqlandi

Samarqand viloyat hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi, senator Gavhar Alimova OzA ga bergan intervyusida xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, oiladagi ornini mustahkamlash borasidagi yutuqlar va kamchiliklar haqida gapirdi. Foto: Google Images20182019-yillarda viloyatimizda 5 mingdan ortiq shariy nikoh bilan yashayotgan oila aniqlandi. Hozirda ularning 4 mingtasi FHDYOdan otkazildi. 300 yaqin fuqaro qonuniy nikohdan ajrashmagan bolsa-da, boshqa oila qurgan.Bunda ular tibbiy korikdan ham otmay oila qurgan. Oylab koring, yigit yoki qiz har xil, jumladan, yuqumli kasalga chalingan bolishi ham mumkin. Yaqinda bir ayol yiglab keldi, shariy nikoh bilan turmushga chiqib, eridan sil yuqtirgan. Yana bir ayolni organdim. Turmush qurgach, olti oydan keyin sogligi yomonlashgan, homilador bolsam kerak degan fikrda shifokorga borsa, SPID aniqlangan. Mana shariy nikoh oqibati. Bunday holatda farzand soglom bolishi, uning taqdiri gozal bolishiga kim kafolat beradi?, deydi Gavhar Alimova.Qaysi hududlarda xotin-qizlar bilan bogliq zoravonlik holatlari, kam taminlanganlik, ishsizlik kop uchraydi?, degan savolga Gavhar Alimova quyidagicha javob berdi:Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda. Bunda asosiy muammo onada. Kechasi qizi chiqib ketsa, ona qanday qilib bilmasligi mumkin. Yaqinda 16 yosh qizning homiladorligi aniqlandi. U 15 yoshda shu yolga kirgan, ona bilmadim, deydi yelka qisib. Bu javobmi? Nima uchun qizining tarbiyasi bilan shugullanib, dildan suhbatlashmaydi. Nega ota oglining yurish-turishini nazorat qilmaydi, otirib gaplashmaydi. Qani oilada otaning orni?Togri, maktab-chi, deymiz, u talimga javob beradi. Mahalla deymiz, qaraydi qiz kochada tinch yuribdi. Hamma narsa oilada, uyda yuz bermoqda. Misol uchun, kuni kecha 17 yosh qiz uydan chiqib ketgan. Onasi telefon qilib Iltimos, shu qizimni qamatib yuboring, deydi. Yosh qiz icharkan, chekarkan, uydan chiqib ketib, bir hafta, on kun yoq bolib ketarmish. Harakat qilib bir kunda topdik. Shaharga olib kelib, psixolog biriktirdik. Bitta darsdan keyin qochib ketdi. Psixolog haftasiga uch marta qatnab, qizning uyiga borib dars otmoqda. Tarbiya oilada bolmagandan keyin qiyin ekan.Pasdargom, Urgut tumanlarida ham qator masalalar mavjud. Bu hududlarda aholi zich joylashgan, kam taminlanganlar ham nisbatan koproq. Urgutdagi eng katta muammo qizlarni erta turmushga berilishi. Ayol faqat bola katta qiladi, rozgor qiladi, degan tushunchalar davri otdi. Qizlarga zamonaviy bilim berish, oqitish, kerak bolsa, kuchli tadbirkor va siyosatchi qilib tayyorlashimiz kerak.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0