Chempionlar Ligasining guruh bosqichi ramziy terma jamoasi malum boldi

UEFA matbuot xizmati Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi ramziy terma jamoasini malum qildi. Foto: UEFAMazkur ramziy jamoadan uchnafar PSJ vakili orin oldi. Qiziq tomoni guruhda uchinchi orinni olib, pley-off yollanmasiga ega chiqa olmagan Ayaksdan ikki futbolchi ramziy terma jamoaga kiritilgan. Guruhda yuz foizlik natija qayd etgan Bavariyadan esa bir nafar oyinchi olingan.Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ramziy (fentezi) terma jamoasi bilan tanishing:Darvozabon: Keylor Navas (PSJ);Himoyachilar: Xuan Bernat (PSJ), Nikolas Talyafiko (Ayaks), Ashraf Hakimi (Borussiya D);Yarim himoyachilar: Rahim Sterling (Manchester Siti), Son Hyon Min (Tottenhem), Hakim Ziyosh (Ayaks), Muhammad Saloh (Liverpul);Hujumchilar: Erling Holand (Zalsburg), Kilian Mbappe (PSJ), Robert Levandovski (Bavariya).Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0