Shavkat Mirziyoyev OzbekistonYaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatini takomillashtirish togrisidagi qarorni imzoladi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi OzbekistonYaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali malum qildi. Foto: Toshkent davlat texnika universitetiQarorga muvofiq OzbekistonYaponiya yoshlar innovatsiya markazi faoliyatini muvofiqlashtirish Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.Qaror bilan markaz zimmasiga innovatsiya va texnologiya transferi markazlari, texnoparklar, yuqori texnologiyali laboratoriyalar, innovatsiya laboratoriyalar, startap va biznes akseleratorlar hamda Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish va boshqa bir qator qoshimcha vazifalar yuklatildi.Qaror bilan markaz tuzilmasi hamda markaz vasiylik kengashining tarkibi tasdiqlandi.Bundan tashqari, markaz xodimlariga: Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining imtiyozli resurslaridan olingan kredit hisobidan tashkil etiladigan 7 ta oliy talim muassasalariaro ilmiy laboratoriyalaridan; Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgor texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan; Bioorganik kimyo instituti huzuridagi Jamoaviy foydalanish markazining laboratoriya qurilmalaridan tekin foydalanish imkoniyati berildi. Malumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan joriy yilning 1720-dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boladi.Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga boradi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0