Har oy it azobida lazerga borib kelaman. Yulduz Usmonova qolidagi tatuirovkani katta xato va ahmoqgarchilik deb atadi (foto+video)

Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti Yulduz Usmonova Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.Yulduz Usmonova Aldadi deb nomlangan video klipida qoliga yolbarsning rasmi tushirilgan holatda korinish bergan. Foto: DaryoYulduz Usmonova suhbat davomida ushbu holatga izoh berdi.Bu tatuirovka, nakleyka emas. Gollandiyada yashab yurganimda bu tatuirovkani qildirgandim. Haligacha oldirib tashlolmadim. Tatuirovka qilmoqchi bolganlar bunaqa qilmanglar. Bu juda yomon, yaramas narsa ekan. Har oy it azobida lazerga borib kelaman. Qayerga borsam, shu haqda sorayapman, afsuski, hozircha bundan qutulish uchun shu lazerdan boshqa hech narsa chiqmabdi.Yolbarsning ham yarmi ketib, xiralashib turibdi. Bu narsa xato. Osha paytlarda yonimda hech kimim yoq edi-yu, to baxtimni topgunimcha nechta turmushga chiqdim. Necha qoqilib, necha marta turdim. Oldinga qarab intilaverdim. Shu tatuirovkani ham ahmoqgarchilik paytida qilgan ekanman. Tatuirovka qilmoqchi bolganlar, shuni qilmanglar, bu ahmoqgarchilik.Meni qilgan xatoyim ibrat bola olsa, shu ishni qilmanglar. Boshingda turadigan katta bolmasa ham qiyin ekan. Allohga shukr, shu kunlargacha omon-eson yetib keldim.Yulduz Usmonova, Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artistiYulduz Usmonova ozbek shou-biznesida tanasiga tatuirovka chizdirgan yagona sanatkor emas. Aktyor va prodyuser Alixan ham bu borada yoshlik qilib qoyganlardan biridir. Foto: DaryoU intervyularidan birida qoliga chizdirgan tatuirovka haqida Bu narsani ochirgich olib, ochirib tashlab bolmas ekan. Ammo vaqti kelib tatuirovkani ochirishga vada beraman, deb aytgan edi.Ozbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova suhbat davomida on yil davomida zapretda yurishiga sabab bolgan voqealar, Gulnora Karimova va Gulisan qoshigi atrofidagi gap-sozlarga ham izoh berib otgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0