Toshkentga olib kirilayotgan 560 mln somlik 5600 ta elektron tarozining standartga javob bermasligi aniqlandi

Toshkent shahrida bojxona xodimlari tomonidan standartga javob bermaydigan 5600 ta elektron tarozi ushlab qolindi. Bu haqda davlat bojxona qomitasi matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Bojxona qomitasi matbuot xizmatiDavlat bojxona qomitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijdan poytaxtda faoliyat olib borayotgan masuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar Sergeli tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda korikdan otkazildi.Natijada umumiy qiymati 560 million somlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari notogri korsatilganligi hamda mazkur tovarlar Ozbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0