Toshkentda Yil imomi aniqlandi (video)

12-dekabr kuni poytaxtdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasida Ozbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har yili ananaviy ravishda otkazib kelinayotgan Eng marifatli imom korik-tanlovining yakuniy bosqichi bolib otdi. Bu haqda din ishlari boyicha qomita matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Din ishlari boyicha qomitaTanlovdan kozlangan asosiy maqsad bugungi kun talablariga javob beradigan, ilmiy salohiyatga ega, tashabbuskor, ilgor fikrli, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan va keng xalq ommasiga oz fikrini yetkazish qobiliyatiga ega bolgan eng iqtidorli, faol imomlarni aniqlash va qollab-quvvatlashdir.Tanlovning hal qiluvchirespublika bosqichida Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichi goliblari ishtirok etdi.Ishtirokchilarning Quroni karim qiroati va tafsiri, aqoid, fiqh ilmi, ijtimoiy-manaviy yonalishdagi bilimlari hakamlar hayati tomonidan baholab borildi. Shuningdek, ular yil davomida amalga oshirilgan ishlari, OAVdagi ishtiroki, targibot tadbirlari boyicha taqdimot qildi.Yakuniy natijalarga kora quyidagi ishtirokchilar yuqori orinlarni qolga kiritdi: 1-orin Toshkent shahri Dorussalom jome masjidi imom-xatibi Muhammadrahim Abduqodirov; 2-orin Toshkent viloyati Abdulqodir Maxsum jome masjidi imom-xatibi Abdulbosit Nusratullayev; 3-orin Fargona viloyati Said Jalolxontora jome masjidi imom-xatibi Yunusxon Mamarasulov va Xorazm viloyati Miskin bobo jome masjidi imom-xatibi Qoziboy Masharipov. Shuningdek, yil davomida faol xizmat korsatgan, fidoiy va oz ishida namuna korsatgan imomlar quyidagi yonalishlarda taqdirlandi: Eng kop obuna uyushtirgan imom Andijon viloyati Asaka tumani Xolid ibn Valid jome masjidi imom-xatibi Shahobiddin Parpiyev; Eng kop maqola chop etgan imom Toshkent viloyati Sobirjon ota jome masjidi imom-xatibi Sunnatulloh Ernazapov; Eng obod masjid Jizzax viloyati Jizzax shahri Xoja Nuriddin hoji jome masjidi; Eng intizomli imom Navoiy viloyati Oqtosh jome masjidi imom-xatibi Dilshod Ergashev; Eng faol imom Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Hazrati Imom jome masjidi imom-xatibi Fazliddin Muxtorov. Golib va sovrindorlarga tanlovning maxsus diplomi va statuetkalari hamda Vaqf xayriya jamoat fondining qimmatbaho sovgalari va pul mukofotlari topshirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0