“Marg‘ilon” postida xorijdan noqonuniy ravishda olib kelingan 150 mln so‘mlik velosipedlar to‘xtatib qolindi

Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijiy davlatdan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan velosipedlar partiyasini to‘xtatib qoldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi. Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiO‘zbekistondagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan velosiped ehtiyot qismlari “Marg‘ilon” TIF postida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.Natijada yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 151 million so‘mlik velosiped va uning ehtiyot qismlari borligi aniqlangan. Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiMavzuga doir: O‘zbekiston chegarasida snayper miltig‘ining optik nishoni ushlab qolindiHozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0