Haqiqiy Amerika fojiasi. Sendi Xuk maktabida oldirilgan bolalar haqida

2012-yil 14-dekabr kuni AQShning Nyutaun shaharchasida istiqomat qiluvchi 20 yoshli Adam Piter Lenza oz onasini uyda otib oldirdi, song maktabga borib, olti va yetti yoshli 20 bolani va olti nafar maktab xodimini oldirdi, ikki kishini ogir yaraladi. Shundan song u oz joniga qasd qildi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov osha qonli voqealar haqida hikoya qiladi.Katta fojiani boshlagan qotillikNyutaun aholisi 28 ming kishidan kam bolgan sokin shaharcha sifatida tanilgan. Jinoyat darajasi juda past, bu voqeagacha bolgan on yil ichida shaharda bittagina qotillik qayd etilgan edi xolos.2012-yil 14-dekabr juma kuni, soat 9:30 dan bir oz oldin Adam Piter Lenza ozining onasi ellik ikki yoshli Nensi Lenzani Nyutaundagi uyida Marlin 0.22 miltigi bilan otib oldirdi. Nensini toshagida olik holda topishganida uning boshiga tort marta oq uzilgan edi. Keyin Adam Lenza onasining mashinasiga otirdi va Sendi Xuk boshlangich maktabiga yol oldi. Sendi Xuk qurbonlari.Foto: APErtalab soat 9:35 larda Lenza onasining yarim avtomat Bushmaster vintovkasidan foydalanib, maktabning qulflangan asosiy shisha eshigiga oq uzdi. U qora harbiy uslubdagi forma va bronejilet kiygan edi. Keyinchalik guvohlarning takidlashicha, dastlabki oq ovozlari maktab radioeshittirish tizimi orqali eshitilgan.Maktabdagi qirginTashqaridan oq ovozlari kela boshlaganda maktab direktori Don Xoksprang va psixolog Meri Sherlak maktab xodimlari bilan yigilish otkazayotgan edi. Xoksprang va Sherlak oq ovozlarini eshitib xonadan yugurib chiqib, Lenzaga yoliqdi. Ikkala ayol ham jinoyatchini toxtatishga uringanida halok boldi. Ehtimol, Xoksprang maktabning radioeshittirish tizimini yoqib yuborgan bolishi mumkin, chunki keyinroq sport zalidagi toqqiz yoshli maktab oquvchisi karnaydan qotilning qolingizni kotaring! degan sozlarini eshitganini aytib bergan. Direktor bilan yigilishda qatnashgan maktab shifokori Dayan Dey qichqiriqlarni eshitganini, shundan keyin oq uzilganini aytdi. Yigilishda ishtirok etgan oqituvchi Natali Xammond eshikni oz tanasi bilan itarib turganida eshik ortidan oqqa tutilib qolidan va oyogidan jarohatlandi.Oktabr oyidan beri tugruq tatilida bolgan birinchi sinf oqituvchisini almashtirib turgan Loren Russoni qotil yuzidan otib tashladi. Uning sinfidagi barcha oquvchilar ham otib tashlangan, ammo bitta olti yoshli qiz tirik qoldi. Uning sozlariga kora, u ozini olikdek korsatgan va maktabdagi shovqinlar tinguncha qimirlamagan. Shundan song u qonga belangan holda kochaga yugurib chiqib, maktab binosini birinchi bolib tark etgan bolalardan biri boldi. Qizchaning onasi aytishicha, qizi unga: Oyi, men bilan hammasi yaxshi, lekin barcha dostlarim oldi, deb aytgan. U qotilni juda yovuz odam deb tariflagan. Qotil.Foto: APBoshqa sinf xonadagi voqealar aniq emas. Omon qolgan birinchi sinf oquvchilari oqituvchisi, yigirma etti yoshli Viktoriya Soto oquvchilarini shkaflar va javonlar ostiga yashirishga uringani haqida sozlab bergan. Lenza xonaga kirib kelganida Soto oquvchilar konsert zalida ekanini aytdi. Shunda qorquvdagi bazi bolalar yashiringan yerlaridan chiqib, sinfdan qochib ketishga harakat qildi, ammo jinoyatchi ularni oldirdi. Soto oquvchilarni himoya qilish uchun yugurdi va u ham otib tashlandi. Omon qolgan olti oquvchi javondan chiqib, maktabdan qochib, qoshni uyga yashirindi.Enn Mari Myorfi alohida etiborga muhtoj talabalar bilan ishlash boyicha oqituvchi yordamchisi edi. U olti yoshli Dilan Xoklini tanasi bilan oqlardan himoya qildi, ammo ikkalasi ham halok boldi. Bir hafta oldin ishga joylashgan Reychel Devino ham oquvchilarini himoya qilishga urinib halok boldi. Foto: Google PhotosOltmish yoshli maktab hamshirasi Sara Koks stol ostiga yashiringanida Lenza uning kabinetiga kirib, undan olti metr narida turganini, song orqasiga ogirilib, chiqib ketganini aytadi. U va kotiba Barbara Xolsted qutqaruv xizmatini chaqirib, tort soat davomida tibbiyot kabinetidagi shkafda yashirinib otirgan.Yigirma toqqiz yoshli oqituvchi Keytlin Royg on tort oquvchisini shkafga yashirib, shovqin qilmaslikni soradi va eshikni tosib qoydi. Kutubxonachilar Ivonn Chek va Merienn Jeykob on sakkiz bolani yashirgan va eshikni shkaf bilan tosgan edi.Musiqa oqituvchisi, ellik yoshli Meriroz Kristopik yana bir kichkina xonada tortinchi sinf oquvchilarini yashirgan. Ular Lenza Eshikni oching! deb baqirib, eshikni urganini eshitgan.Qotillik natijasiLenza ertalab soat 9:46 dan 9:53 gacha oq otishni toxtatdi. Bu paytga kelib u 50 dan 100 tagacha oq otgan edi. U har bir qurboniga bir necha martadan oq uzdi. Oquvchilardan kamida bittasi, olti yoshli Noa Pozner 11 ta oq bilan oldirilgan edi. Jinoyatchi oqlarning kop qismini asosiy kirish eshigi yaqinidagi ikkita sinfxonada, bitta sinfda on tort bolani va boshqasida olti bolani otib sarflagan. Qurbonlar olti yoshdan etti yoshgacha bolgan sakkiz ogil bola va on ikki qiz, shuningdek, maktab ishchilari bolgan oltita ayol edi. Lenza yaqinlashayotgan politsiyachilar ovozini eshitib, boshiga oq uzib, joniga qasd qildi. Foto: Google PhotosMaktabda jami 20 nafar bola halok boldi ulardan 18 nafari voqea joyida vafot etdi, ikkitasi keyinchalik kasalxonada oldi. Oldirilgan olti ayol maktab direktori, psixolog, ikki amaliyotchi oqituvchi va ikki oqituvchi yordamchisi edi. Barcha qurbonlarga bir nechta oq jarohati yetkazilgan. Olganlarning aksariyatiga yaqin masofadan turib, uch kishining esa yuziga oq uzilgan. Dastlabki malumotlarga kora, qurbonlarning barchasi yarim avtomatik miltiqdan oldirilgan yoki yaralangan, Lenza esa topponcha bilan boshiga oq uzgan.TergovTergovchilar Lenzaning olimoldi maktubini yoki hujum sababini izohlovchi boshqa malumotni topa olmadi.2013-yil noyabr oyida Konnektikut prokuraturasi keng qamrovli tergov hisobotini elon qildi. Lenza harakatlarini oldindan va yolgiz rejalashtirgani aniqlandi, ammo u nima uchun jinoyat sodir etgani va nima uchun aynan Sendi Xuk maktabini tanlagani sabablarini tushuntirish uchun yetarli dalillar yoq edi.Qotil yashagan muhit20 yoshli Adam Piter Lenza onasi Nensi bilan Sendi Xukdagi uyida, boshlangich maktabdan sakkiz kilometr uzoqlikda yashagan. Lenza muqaddam sudlanmagan va qonunbuzarlik qilmagan. Boshlovchilar Sendi Xuk fojiasi haqida xabar qilmoqda.Foto: Google PhotosLenzaning ota-onasi 1981-yilda turmush qurgan, 2009-yil sentabr oyida ajrashgan. Nensi yuqori maoshli erining alimentiga yashagan, bu esa unga ishlamasdan Adamni parvarish qilish imkonini bergan.Nensining qaynisinglisini aytishicha, u uyida kamida onta oqotar qurol saqlagan va kopincha ogillarini oq otish joylariga olib borib turgan.Adam Lenza kim edi?Adam Lenza 1992-yil 22-aprelda AQShning Nyu-Xempshir shtatidagi Ekster shahrida tugilgan. U oilada ikkinchi farzand edi. Qisqa vaqt Sendi Xuk boshlangich maktabida oqigan. Keyinchalik Nyutaundagi katolik maktabi va orta maktabni alo baholar bilan tamomlagan. 20082009-yillarda Garbiy Konnektikut universitetida oqigan.Sinfdoshlari va oqituvchilar Lenzani aqlli, ammo asabiy va bezovta deb tariflaydi. U boshqalar bilan aloqadan qochgan, ozgalar orasida ozini noqulay his qilgan. Uning yaqin dostlari bolmagan.Adam yengil autizm va shaxsiyat buzilishining biror-bir shaklidan aziyat chekkan deb gumon qilinadi. Politsiya va Nensining dostlariga kora, Adamga Asperger sindromi tashxisi qoyilgan. Ushbu sindromdan aziyat chekadigan odamlar kopincha yuqori intellektga ega, ammo ularning ijtimoiy qobiliyati rivojlanmagan.YakunUshbu fojiadan keyin AQSh prezidenti Barak Obama bayonot berib, tort kunlik milliy motam elon qildi. AQSh mamuriyati rahbari 18-dekabr kuni Quyosh botguncha AQSh hukumatining barcha binolari, harbiy bazalari va chet el vakolatxonalarida milliy bayroqlarni tushirishni buyurdi. Spiker Jon Beynerning qarori bilan Kongress binosida ham Amerika bayroqlari tushirildi.Prezident Obama fojia haqida Oq Uyda aytib berar ekan, bir necha bor toxtab koz yoshlarini artdi.Qish faslining 14-kunida sodir bolgan ushbu fojia haligacha AQShda daxshat bilan eslanadi...Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarida farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0