Saylov: bizning fikrimiz kimga qiziq?

Bloger Shahnoza Soatova saylovlar oldidan jamoatchilik fikrini organish qanchalik muhim ekanligi haqida mulohaza yuritdi. Blogerning fikrlari quyida toliqligicha etiboringizga havola etiladi. Foto: Google ImagesBugun saylov otkazilsa, qaysi partiya golib bolar edi? U yoki bu partiyaning reytingi qanday (bormi ozi)? Bu reytingga nima tasir qiladi? Partiyalar ozlari va raqiblari haqida jamoatchilik fikrini biladilarmi? Umuman, ular saylovoldi kampaniyasini nimaga asoslanib va kim uchun olib boradilar?Bu savollarning bari demokratiyaning muhim instrumentlaridan bolgan jamoatchilik fikri va uni organish masalasiga borib taqaladi.Jamoatchilik fikrini organish nima uchun kerak?Mashhur sotsiolog Jorj Gallap jamoatchilik fikrini organish demokratiyani haqqoniy va ishonarli qiladi, yani asoslaydi degan edi. Shuningdek, u jamiyatning kayfiyati va qarorlariga bevosita tasir korsatadigan vositadir.Esingizda bolsa, Insider.uz kanalining bosh vazirlikka nomzodlardan qaysi biri yaxshi degan mazmundagisorovnomasiancha shov-shuv sabab bolgan edi. Foto: Insider.uzShundan song Adliya vazirligi maxsusbayonot bilan chiqib, bosh vazirni tayinlash protseduralarini ham eslatdi va bunday noprofessional sorovnomalar otkazmaslikka chaqirdi.Bundan tashqari, mashhur blogerlarning kanallarida saylovga doir bir nechta sorovnomalarga kozim tushdi. Ozim ham Saylovda qatnashasizmi? deb oquvchilarimdan soradim. Albatta, bunday virtual sorovnomalarda kop odam ishtirok etadi (masalan, Insider.uzning sorovnomasini 143 ming odam korgan, 33 mingdan ortiq odam ovoz bergan).Biroq Telegramda sorovnomalar bilan qilinadiganspekulyatsiyalarkopligi uchun ularning natijalarini jamoatchilik fikrining kozgusi deb ishonib bolmaydi.Kochaga mikrofon kotarib chiqib yarim soatda 20 ta otkinchidan soraladigan savollar esa umuman muhokamamiz mavzusi bola olmaydi.Noprofessional sorovnomalar odamlarni chalgitadi, notogri fikr paydo qiladi va restruktiv xarakterga ega boladi. Bu rost.Ammo Ozbekistonda professional sorovnomalar otkaziladimi?Kunda kunora blogerlarning Telegram poll tashkil qilishidan (hatto shu orqali mushtariy kopaytirishga ruju qoyganidan) korinib turibdiki, jamoatchilikning ozi ozining fikrini bilishga ishtiyoqmand. Shunday vaziyatda nega jamoatchilik fikrini organish juda sust va xira olib borilyapti?Hatto butun boshli Saylov kodeksida ham saylovoldi jarayonlarida jamoatchilik fikrini organish masalasi tilga olinmagan ekan. Savol: nega bu soha etiborsiz qolib ketyapti?Demokratik davlatlarda hukumat jamoatchilik fikri bilan hisoblashadi, uni organib, birinchidan, oz xatti-harakatlarini tahrirlaydi, ikkinchidan, jamoatchilik fikriga tasir otkazishga harakat qiladi.Jamoatchilik fikrini muntazam organib borish hokimiyatning oz xalqi fikrini etiborga olishi, hurmat qilishi va u bilan hisoblashishi belgisidir.Har qanday jamiyat, agar u yakka hokimlik emas, xalq hokimiyati asosida mavjud bolsa yoki mavjud bolishni istasa, jamoatchilik fikrini professional va ilmiy asoslangan tarzda muntazam organib borishi va organish natijalariniiloji boricha baland ovozda jar solishikerak. Demokratiya shaffofligi aslida shu boladi. Saylovoldi jarayonlarida bu juda muhim.Jamoatchilik fikriga hurmat va etibor shumi?Oldimizda bir katta umumsorov turibdi saylovlar! Biz unda oz qarorimizni beramiz, bir nimalarni hal qilamiz. Har holda shunga qaysidir manoda ishonamiz. Ammo biz shu qarorga qanday keldik? Ozimiz ongli ravishda keldikmi? Umuman, qaror berdikmi yo bermadikmi?Ushbu muhim savollarga javobni jamoatchilik fikrini organish orqali bilishimiz mumkin edi.Afsuski, mana saylovlarga bir necha kun qolgada ham qolimizda u yoki bu bloger tomonidan Telegram kanallarida otkazilgan, ilmiy asoslanmagan, xulosalanmagan hashaki sorovnoma natijalari bor, xolos.E uzr, unday emas ekan.Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikini organish markazi 6 bosqichlik saylovoldi sorovnomasiniotkazibdi.Sentabrdan dekabrgacha bolgan muddatda 864 ta odam (!) ishtirokida telefon orqali (!!) orkazilgan ushbu sorovnoma haqida siz bilarmidingiz? Men bilmasdim, masalan.Shu maqolani yozish uchun izlanganimda sorovnoma natijalari ozbek tilida Ijtimoiy fikr va XDP saytlarida korindi, xolos (rus tilida koproq, bu ham ayrim xulosalarga yetaklaydi!). Bu ataylab qilinganmi yo bexosdan shunaqa bopqoldimi?Aslida, jamoatchilik fikrini togri organib, natijalari elon qilib borilsa, bu saylov targiboti uchun juda yaxshi ish bolardi. Asosiysi, odamlar ularning fikri bilan qiziqishayotganini bilishardi, siyosiy jarayonlarga ozlarining daxldorligini his etardi, saylovda fuqarolarning faolligi oshardi. Negadir bu ish qilinmadi? Otkazilgan zaifgina sorovnomalar natijalari ham piar qilinmadi. Nega?Partiyalarga ishonch darajasi qanday?Mayli, qolimizda bor natijalar orqali xulosa qilishga urinib koramiz. Osha Ijtimoiy fikrning piar qilinmagan sorovnomasida nima haqida gap boradi va u qanday xulosalarga yetaklaydi?Etirof etish kerak, Ijtimoiy fikr sorovnomasiga saylov oldidan otkazilgan nisbatan ishonchli (ilmiy asoslanganligi, tajribali mutaxassislar tomonidan otkazilganligi tufayli) manba sifatida qarash mumkin. Natijalar juda qiziq xulosalarga olib bormoqda.Sorovnomada respondentlarga 4 ta muhim savol berilgan: 1) saylov jarayonini kuzatib boryapsizmi?; 2) saylov haqida qaysi axborot manbayidan malumot olasiz?; 3) saylovlarda shaxsan ozingiz ishtirok etasizmi?; 4) agar saylov ertaga bolsa, qaysi siyosiy partiyaga ovoz berasiz?Shu savollar malum vaqt oraligida takror-takror, jami 6-marta respondentlarga berib borilgan. Saylovlarga bir necha kun qolgani uchun meni asosan 3 va 4-savollar qiziqtirdi.Saylovlarda ishtirok etishmasalasida songgi uch bosqich natijalarini korsak, odamlarning fikri progressiv, yani osib borgan. Boshida ishitirok etmayman deganlar kop bolsa, oxirgi bosqichga kelib ishtirok etaman deganlar soni ortgan. Foto: Telegram / Bloger ShahnozaPartiyalar reytingidaesa sezilarli ozgarish yoq, birinchi orinda doim XDP, ikkinchi orinda OzLiDep va hokazo. Ammo oxirgi bosqichga qarab hamma partiyalarning reytingi tushib, hali hal qilmadim degan javob varianti korsatkichi ortib borgan. Foto: Telegram / Bloger ShahnozaPartiyalarning debatlardagi va turli chiqishlardagi qovun tushirishlari bunga sababmi yo boshqa narsami, bilmadim. Ammo natijalardan korinib turibdiki, partiyalarimiz siyosat oyinini oynashni bilishmaydi, siyosatchilik qila olishmaydi, ogizlarini ochishlari bilan obrolari tushib boryapti.Bu bizdagi siyosiy jarayonlarning endigina tetapoya bolayotgan holati. Mana jamoatchilik fikrini organish nima uchun kerak.Saylovda qatnashish nima uchun muhim?Shu orinda saylovga qatnashasizmi degan savolga oz javobimni berib otsam. Men propiskam boyicha shaharning bir chekkasida, real yashash joyim boshqa chekkada bolsa ham saylovga boraman. Chunki hozir eng yomoni va bizdan ayrimlar eng kop kutayotgani ham shu befarqligimiz.Internetda bosh qolgan saylov byulletenlarini saylov uchastkasidagilar dastalab qutilarga tashlab qoyishayotgani, natijalarni soxtalashtirishda aynan saylovga kelmaganlarning ovozlaridan foydalanayotganliklarini korgan bolsangiz kerak (albatta, boshqa davlatlarda). Saylovga shaxsan qatnashish bizning demokratiyaga qoshgan hissamiz boladi, chunki bu saylovda ayrimlar amalga oshirmoqchi bolgan kulrang sxemalarni buzish deganidir.Saylovga boringlar, ozingizga maqul, ishongan odamlarga ovoz beringlar, chunki aynan shular ertaga narxlar oshishish, budjet tasdiqlanishi, kasalxona yo maktab qurilishi yoki lobbistlarga imtiyoz berilishi haqidagi qonunlarga ovoz beradi. Siz bilan bizning ixtiyorimiz yo ixtiyorsizligimizni shu deputatlar ifodalaydi. Siz davlatga emas, davlat sizga xizmat qilishini istasangiz, siyosatga befarq bolmang.Saylov kodeksiga kora saylovga 1 kun qolganda jamoatchilik fikrini organish natijalarini elon qilish mumkin emas. Demak, ushbu maqola bu masaladagi birinchi va balki oxirgi obzorlardan biri bolar. Lekin bunday tadqiqotlar va xulosalar kop bolishi kerak. Chunki jamoatchilik fikriga quloq tutilmas ekan, gaflatda qolamiz. Gaflat eng yomon dushman.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0