Tuman tufayli Namangan aeroporti yopildi. Yana bir necha reyslar ushlanib qolmoqda

O‘zbekistonda ob-havo sharoitlari yomonlashgani sababli (tuman), bir nechta aviaqatnovlar ushlanib qoldi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi. Foto: O‘zANamangan aeroporti yopildi (ko‘rinish masofasi 50 metr). HY-095 (Toshkent—Namangan) qatnovi soat 9:30 ga ko‘chirildi.HY-042 (Samarqand—Toshkent) qatnovi Toshkent aeroportida ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli soat 09:30 ga ko‘chirildi. Shu munosabat bilan HY-065 (Toshkent—Termiz) qatnovi soat 10:30 ga ko‘chirildi.HY-3620 (Jidda—Toshkent) qatnovi havo kemasining komandiri Toshkent aeroportida soat 07:17 da ko‘rinish yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli samolyotni Buxoro aeroportiga qo‘ndirishga qaror qildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0