AQShda bolib turgan ozbekistonliklar Orlando shahrida muddatidan oldin ovoz berdi

Joriy yil 13-dekabr kuni AQShning Orlando shahrida (Florida shtati) Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovida muddatidan oldin ovoz berish tashkillashtirildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati malum qildi. Foto: Marriott22-dekabr saylov kuni Vashingtondagi elchixonaga borish imkoniyatiga ega bolmagan fuqarolarning saylov huquqlaridan foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida ushbu shtatda birinchi marta muddatidan avval ovoz berish yolga qoyildi.Ovoz berish Orlando shahri markazidagi Marriott mehmonxonasida bolib otdi. Maxsus xonaga raqobatlashayotgan siyosiy partiyalarning nomzodlari togrisida malumotlar joylashtirildi.Ozbekistonning AQShdagi elchixonasi taqdim etgan malumotga kora, muddatidan avval ovoz berishning ilk kunida 70 nafardan ortiq hamyurtlar oz fuqarolik tanlovlarini amalga oshirdi. Saylovchilarning asosiy qismini muddatidan oldin ovoz berish punktiga oz oilalari bilan kelgan yoshlar tashkil qildi.Mamlakat parlamenti saylovi boyicha muddatidan oldin ovoz berish 15-dekabr kuni Jorjiya shtatining Atlanta va Kanadaning Toronto shaharlarida ham otkazildi.Malumot uchun, AQSh hududida 150-Shayxontohur saylov okrugiga biriktirilgan Ozbekistonning Vashingtondagi elchixonasida 12-sonli va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonada 33-sonli saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0