AQSh ikki xitoylik diplomatni josuslikda ayblab, mamlakatdan chiqarib yubordi

AQSh hukumati 2019-yil sentabr oyida Virjiniyadagi harbiy bazaga noqonuniy kirishga uringan ikki xitoylik diplomatni yashirin ravishda chiqarib yubordi, deb xabar bermoqda The New York Times. Foto: EPA“Interfaks”ning yozishicha, ulardan biri AQShda Xitoy razvedkasiga ishlashida gumon qilinmoqda. AQShdan xitoylik diplomatlarning josuslik uchun chiqarib yuborilishi holati 30 yildan ortiq vaqt davomida birinchi marta kuzatilmoqda.Ma’lum bo‘lishicha, har ikki diplomat rafiqalari bilan birga maxsus kuchlar bazasiga kelgan. Obyektga kiraverishda ularda kirish uchun ruxsatnoma yo‘qligi aniqlangan. Ortga qaytish talabiga esa ular bo‘ysunmagan. Oqibatda ular qo‘lga olinib, baza hududini tark etishga majbur qilingan.Vashingtonda diplomatlar shu yo‘l bilan bazada xavfsizlik tizimi qay darajada ishlashini tekshirishga uringan, deb hisoblanmoqda. Xitoyliklarning o‘zi esa tushunmovchilik bo‘lganini, ular ingliz tilini yaxshi bilmasliklari sababli obyektni qo‘riqlayotgan harbiylar ularga nima deyishganini tushunmaganlarini aytgan.Har ikki tomon bu haqda matbuotga ma’lum qilmaslikni ma’qul deb topdi, Pekin esa bunga javoban amerikalik diplomatlarni quvib chiqarmadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0