Kusherbayev prokuraturadan Shuhrat Ganiyev bilan bogliq voqeaga huquqiy baho berishni soradi

15-dekabr kuni Demokratik debatning navbatdagi sonida ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev prokuraturadan Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyev bilan bogliq navbatdagi shov-shuvli holatga huquqiy baho berishni soradi, deb xabar beradi Kun.uz. Foto: DaryoBiz bu boyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xususan, Bosh prokuratura huquqiy baho berishini soraymiz. Umid qilamizki, ular vaziyat yuzasidan aniq huquqiy baho beradi va tegishli javobgarlik masalasini kerak bolsa kun tartibiga olib chiqadi hamda jamoatchilikni uning natijasidan xabardor qiladi, dedi deputat.U hokimga bu safar qanday jazo berilishi haqidagi savolga ham javob qaytardi.Nima bilan qutulishi-qutulmasligini hozir ayta olmayman, chunki bu bizning vakolatimizdagi ish emas. Lekin biz umid qilamiz va talab qilamizki, jamoatchilik fikrini hisobga olib, hech kim bunaqa darajada bosim otkazish va qorqitishga haqli emas. Jumladan, hokimlar ham. Qonunlar hamma uchun barobar va xalqning irodasi bilan qabul qilingan. Qonunlarga oyoq qoyishga hech kimning haqqi yoq. Marhamat qilib javob berishi shart, deydi parlament azosi.Hozircha huquq organlari holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgani yoq.Ijtimoiy tarmoqlarda Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevning ovozi ekani gumon qilinayotgan yana bir audioyozuv tarqaldi.Audioda ovoz egasi gaz taminotidagi muammolardan norozi bir guruh aholi vakillari noyabr oyi oxirida Quva tumanidagi avtomobil yollaridan birini tosib qoygani haqida gapiradi va ushbu tuman hokimi Ravshan Qurbonovdan bu voqealarni videoga olgan shaxsning janozasi qachon oqilishini soraydi.Chora korish emas bu, janozasi oqilsa keyin hisob endi uni, deydi ovoz egasi bu borada chora korilganini aytgan tuman hokimining javobidan qoniqmay.Fargona viloyati hokimligi matbuot xizmati bu audioni soxta va pranker (ovoz oxshatuvchi)lar tomonidan tayyorlangan, deya munosabat bildirdi. Munosabatda takidlanishicha, bu Ozodlikning Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevga nisbatan navbatdagi tuhmati.2-dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi oxshatilgan sozlar biron bir selektor yigilishida Shuhrat Ganiyev tomonidan aytilmagan. Shuhrat Ganiyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq otkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan, deyilgan hokimlik bildirishida.Mavzuga doir: Familiyamni Ganijonovga ozgartiraman shekilli. Fargona hokimi Shuhrat Ganiyev ishi ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida Ganiyev gildirakni gizillatib gildiratdi. Hafta ijtimoiy muammolari Maqsuda Varisova: Senator sifatida Ganiyevning xatti-harakatlarini qoralayman Eslatib otamiz, shu yilning sentabr oyida Shuhrat Ganiyev Fargona viloyatida ayollarning romol orashiga qarshi kampaniya elon qilgani aks etgan audio tarqalgach, hokim Senatning Reglament va odob komissiyasi yigilishida uzr soragan, unga qattiq ogohlantirish va 3 oy sinov muddati berilgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0