PSJ Ikardini sotib olishga tayyor, biroq uning xotini “Real” va “Yuventus”dan taklif kutmoqda

PSJ ayni damda klub safida ijarada bo‘lgan Mauro Ikardini to‘liq sotib olishni istamoqda, deb yozadi Tuttosport. Foto: Yandex PhotosQayd etilishicha, 26 yoshli hujumchi o‘z harakatlari bilan PSJ rahbariyatida yaxshi taassurot qoldira olgan. Parijliklar Ikardini sotib olish bo‘yicha yanvardayoq “Inter”ga 70 million yevrolik taklif bilan chiqishga tayyor.Biroq futbolchining agenti hamda rafiqasi Vanda Nara “Real” va “Yuventus” klublaridan taklif kutmoqda. Agar taklif tushsa, Nara ularni solishtirib ko‘rgan holda ulardan eng maqbulini Ikardi uchun tanlash niyatida.Joriy mavsum Mauro PSJ safida barcha musobaqalar doirasida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0