Toshkent zilzilasi Ozbekiston tarixidagi eng yirik zilzila emas. 1902-yilgi Andijon zilzilasida salkam 5 ming kishi halok bolgan

1902-yilning 16-dekabr kuni Andijon shahrida mudhish zilzila roy bergan. Bu zilzila oqibatida minglab odamlar halok bolgan, on minglab binolar buzilgan, shahar vayron bolgan. Aynan shu ofat tufayli Andijon tarixiy qiyofasini yoqotgan.Daryo kolumnisti Gayrat Yoldosh Andijon zilzilasi haqida hikoya qiladi.Zilzila deganda xayolimizga avvalo Toshkent zilzilasi keladi. Bu zilzila fan-texnika taraqqiy etgan paytda sodir bolgani uchun zilzilaning asoratlari, undan keyingi qayta qurish kinolentalarga, fotosuratlarga muhrlangan. Ammo yurtimizda Toshkent zilzilasidan avval ham boshqa shaharlarda zilzilalar va beqiyos vayronaliklar bolgan. Ana shunday zilzilalardan biri eski Yulian taqvimiga kora 1902-yil 2-3 dekabr (bugungi taqvimda 16-dekabr) kunlari sodir bolgan va butun shaharni vayron qilgan Andijon zilzilasidir.Andijon zilzilasi haqida mashhur rus antropologi, Rossiyada antropologiya fani asoschilaridan biri, akademik Dmitriy Nikolayevich Anuchinning (18431923) taklifi bilan S.A. Melik-Sarkisyan 1902-yil 3-dekabrdagi Fargona zilzilasi (Ferganskoye zemletryaseniye 3-go dekabrya 1902-goda, Moskva, 1903) nomli risola yozgan va nashrdan chiqargan. Andijon.Foto: WikipediaRisolani tadqiq etgan olimlar R.T. Shamsutdinov, A.A. Ishoqov hammualliflikda yozgan Andijon tarixidan lavhalar kitobining Andijonning tarixiy, memoriy obidalari nega bizgacha yetib kelmadi? deb nomlangan bobida shahardagi qadimiy obidalarning zamonamizgacha yetib kelmasligi sabablari korsatib otilgan. Jumladan, Andijon shahrida bir nechta kuchli zilzila bolgani, ayniqsa 1902-yil dekabr zilzilasi juda qattiq bolgani, shu tufayli shahardagi barcha binolar qulagani uchun ham Andijonda tarixiy binolar saqlanib qolmagani haqida fikr yuritgan. Shuningdek, S.A. Melik-Sarkisyan risolasida keltirilgan faktlar asosida 1902-yilda Andijonda yuz bergan zilzila kolamini tadqiq etgan.S.A. Melik-Sarkisyanning risolasida yozilishicha, zilzila tufayli Orta Osiyodagi yirik savdo va sanoat markazlaridan biri bolgan Andijon shahri va uning atrofida joylashgan bir qator qishloqlar tola vayron bolgan. 30 mingdan ortiq uy tag-tugi bilan qulab tushgan, 5 mingga yaqin odam zilzila sodir bolgan paytda va keyin vayronalar orasida qolib halok bolgan. Uyi qulab tushgan koplab oilalar boshpanasiz qolgan.Ofatdan song Andijonda zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlari boshlanib ketdi. Binolar ostida qolgan oliklarni chiqarib olish, ularning janoza marosimlarini otkazish, zarar korganlarga yordam berish ishlari shular jumlasidandir.Olkada hukmron bolgan ruslar Andijonni qayta tiklash uchun yordam jamgarmasi tashkil etdi. Melik-Sarkisyanning yozishicha, jamgarmaga hatto Rossiya imperatori Nikolay II va rafiqasi ham mablag ajratdi. Shuningdek, Rossiya imperiyasining turli burchaklaridan Andijonga yordam jonatildi.Shamsutdinov va Ishoqovlarning kitobida Andijon zilzilasiga tegishli yana bir muhim gap yozilgan. Unga kora, rus yozuvchisi A.P. Chexov 1903-yil iyunda doktor Kniperga maktubida Moskva shahri teatrlarida maxsus spektakllar qoyilib, tomoshadan tushgan mablag Andijonga, zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilganini yozgan.Zilzilada har bir xonadondan bir nechtalab odam halok bolgani va andijonliklar motam ichida qolganiga qaramay, vayron bolgan shahar va qishloqlarni qayta tiklashda Andijon shahri va unga tutash qishloqlar aholisi jonbozlik korsatib mehnat qildi.Andijonlik boylar katta-katta ehson qilib, shahar va qishloqlarni tiklayotgan xalqqa ovqat pishirtirib berdi. Aholiga qurilish ashyolari sotib olib berdi. Zilzila oqibatlari. Foto: WikipediaAndijonni tiklashda mahalliy xalq bilan birga ruslar, yahudiylar va boshqa millat vakillari, Andijonni boshqarib turgan rus mamurlari birday harakat qildi. Andijonda faoliyat olib borgan rus, yahudiy boylari ham zilzila oqibatlarini bartaraf etishga ancha mablag ajratdi.Ana shunday saxovatpesha boylardan biri Mirkomilboy Mirmominboyev edi. U Andijon shahrini tiklash uchun katta mablag ajratdi.Shamsutdinov va Ishoqov kitobda Mirkomilboy Mirmominboyevning Andijon uyezdi boshligi Yu.A. Brjezitskiyga yozgan xatini keltiradi.Oz ona shahrim Andijonning madaniy rivojlanishi va batamom tartibsiz ahvolda bolgan Gultepa maydoniga madaniy korinish berish, maydon ham shahar korki bolsin, ham aholi foydalana olsin deb, men Mirkomil Mirmominboyev oz hisobimdan Andijon shahriga tortiq sifatida quyidagi inshootlarni qurishni oz zimmamga olaman: Turli millat vakillari erkak va ayollarga moljallangan qirq orinli namunali shifoxona. Unda quyidagi bolimlar mavjud boladi: a) jarrohlik;b) tugruqxona;v) ich kasalliklar;g) seksion kameralar va olik saqlash uchun yertola;d) dezinfektsion kamera hamda shifoxona boshliqlari, xodimlari va turli xizmatchilar uchun maxsus bino;e) shifoxona binosini markaziy isitish bolimi hamda suvni biologik tozalash xizmati. 30 oquvchiga moljallangan internat tiridagi madrasa oquvchilarini rus tiliga orgatish bolimiga hamda zal va yordamchi binolarga ega rus-tuzem maktabi. Yuz oquvchiga moljallangan madrasa va xonaqohi bolgan namunali maktabxona. Yevropacha nusxadagi yertola va qorovulxona, uchta hojatxonasi bor uchta dokon. Mana shu dokonlardan keladigan foyda yuqorida korsatilgan muassasalarni taminlash va tamirlash uchun ishlatiladi. Mahalliy xalq va yevropaliklar uchun alohida bolimlarga ega bolgan hammom. Shu binolar atrofida yolkalar ochib, xiyobonlar barpo etish, maydon markazida manzarali bog barpo etish. Korsatilgan inshootlarning barini men, Mirkomil Mirmominboyev, mening nazoratimda tuzilgan va tegishli hokimiyat tomonidan tasdiqlangan loyiha va smeta asosida uch yil davomida qurib bitkazishni oz zimmamga olaman...Shu bilan birga, yuqorida korsatilgan barcha binolar, inshoot va jihozlarni qurish uchun oz shaxsiy mablagimdan 500 ming som ajrataman.Biroq mustamlakachi mamuriyat mahalliy sarmoyadorning say-harakatlarini ongli ravishda qollab-quvvatlamadi. Chunki Mirkomilboyning eski shaharni zamonaviy talab darajasida yangilashdek bu saxovatli, ezguli vatanparvarlik ishlaridan mustamlakachi mamurlar hadiksirab qorqdi. Ular Mirkomilboyboyning bu ishlari chorizm mulozimlarini obroyiga putur yetkazishi, afkor ommada ularga nisbatan ishonchsizlik uygotishi, olkani boshqarish ishiga Mirkomilboydek yurt fidoyisining salohiyati va obroyi soya solishi mumkinligini oylab, Mirkomilboyning taklifini rad etdi. Taklifini rad etish uyoqda tursin, chor mamurlarining siyosiy fitnachiligi bilan Mirkomilboy tazyiq-taqibga uchradi va sudlanib, begona yurtga surgun qilindi.Ozbekiston milliy ensiklopediyasida Andijon zilzilasi haqida qoyidagi malumot berilgan:Andijon zilzilasi Orta Osiyoda sodir bolgan kuchli zilzilalardan biri. 1902-yil 2-dekabr (yangi taqvimda 16-dekabr) soat 10:00 da roy bergan. Bu zilziladan Andijon shahri va uning atrofidagi qishloqlar katta talafot korgan. Yer ketma-ket uch marta silkinib, birinchisi 89 ball, 11,5 daqiqadan song ikkinchisi 9 balldan ortiq va yana 30 minut otgach, uchinchisi 89 ball boldi. 50 ming kishi yashaydigan Andijon shahri bilan atrof qishloqlarda kop joylar vayronaga aylandi. Zilzilada 4 652 kishi nobud boldi. Zilzila natijasida Andijondan 56 chaqirim narigacha bolgan temir yol izlari egilib qoldi. Andijon stansiyasidagi parovoz va poyezd vagonlari izlaridan chetga surib tashlandi. 2-dekabrdan (16-dekabr) song ham bir necha oy davomida Andijonda yer qimirlab turdi. Zilzila oqibatida Andijon va uning atrofida eni 10 santimetrgacha bir necha yoriq paydo boldi. Ayrim yerlarda yer sathi 70 santimetrgacha chokdi. Andijon zilzilasi Janubiy Fargona fleksurasi uzilish chizigi boylab sodir bolgan. Zilzila markazi Qorayorda (40,7 shimoliy kenglik 72,2 sharqiy uzunlikda) joylashgan.Bugungi kunda Andijon shahrida saqlanib qolgan obida va binolarlarning aksariyati osha mashum zilziladan keyin qurilgan. Jumladan, XIX asrda qurilib, 1902-yil dekabrda kuchli zilzilada buzilib, qulab ketgan va asr boshlarida qayta tiklangan binolardan Devonbegi yoki Devonoboy masjidi (18621865-yillarda qurilgan). Uygur masjidi (18681870), Jome madrasasi (18821892) saqlanib qolgan. Ular tamirlanib, xalqqa qaytarib berildi. Andijonliklar ulardan samarali foydalanmoqda.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0