Fargona hokimligi axborot xizmati Shuhrat Ganiyevning ovozini pranker oxshatganini davo qildi

Fargona viloyati hokimligi axborot xizmati Ozodlik kanali tomonidan tarqatilgan Fargona hokimi blogerning janozasini oqishni buyurdi sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi. Foto: DaryoBayonotda, jumladan, shunday deyiladi:Ozodlik Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevga nisbatan navbatdagi tuhmatini elon qilgan. 2-dekabrda aytilgan deb iddao qilinayotgan audio yozuvdagi ovozi oxshatilgan sozlar biron bir selektor yigilishida Sh.Ganiyev tomonidan aytilmagan. Sh.Ganiyev jurnalist yoki blogerlarga nisbatan bosim yoki tazyiq otkazmagan, Quva tumani hokimiga bu haqda hech qachon tanbeh bermagan.Audio yozuv oxshatma ovozning qopol montajidan boshqa narsa emas.Hurmatli internet foydalanuvchilari, hamkasb jurnalistlar, blogerlar! Ozodlikning oyiniga uchmang, uning tuhmatlariga ishonmang. Agar Ozodlikda bunday haqiqiy ovoz bolganida edi, u ozi iddao qilishicha 2-dekabrdan buyon uni ushlab turmas edi.Ozodlikning kuni endi pranker (ovoz oxshatuvchi)larga qolgan korinadi.Malumot uchun, Ozodlik kanali 14-dekabr, shanba kuni Fargona viloyati hokimi Shuhrat Ganiyevning ovozi deb aytilayotgan audiomaterialni elon qildi. Unda bildirilishicha, Ganiyev 2-dekabr kuni otkazilgan selektor yigilishida Quvada gaz yoqligiga norozilik bildirib, avtomobil yolini tosish voqeasini ijtimoiy tarmoqqa qoygan shaxsning janozasi oqilmagani uchun Quva tumani hokimini tergagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0