Ozbekistonda tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni otkazish tartibi togrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali malum qildi.Nizomga kora, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash Ozbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi togrisidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza otkazish jarayonidir.Sertifikat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan taqdim etiladi.Shuningdek, eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilishi mumkin.Ekspertizani otkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi tolaydi.Tolov miqdori xizmat turiga qarab bir sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uchun ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gacha etib belgilandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0