Ozbekistonda prokuror qarori ustidan sudga shikoyat qilish tartibi joriy etiladi

Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot Telegram kanali malum qildi.Qaror bilan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.Konstitutsiya va qonun ustuvorligini, davlat organlari qarorlari, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari qonunlarga toliq muvofiq bolishini taminlash, qonunlar ijrosini samarali tashkil etish dasturini amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri etib belgilandi.Shuningdek, qarorga muvofiq 2020-yil 1-martdan boshlab:aholi maskanlarining memoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab osha hududdagi aholi ortasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan otkaziladi;jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin 1 kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida elon qilinadi;2020-yil 1-apreldan boshlab:shaxsni ushlash, unga protsessual huquqlarini tushuntirish, himoyachidan voz kechish harakatlarini majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibi joriy etiladi;huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan shaxs ushlanganda uning ushlangani va ushlab turilgan joyi togrisida uning oila azolariga, ular bolmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlarini yoki yaqin kishilarini darhol xabardor qilish boyicha majburiyat yuklanadi;2020-yil 1-iyuldan boshlab huquqni cheklaydigan protsessual majburlov choralarni qollash, jumladan, shaxsni ushlab turish holatlari yagona elektron hisobga olish tizimiga kiritib boriladi.Bundan tashqari, 2020-yil 1-mayga qadar:prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qozgatish, jinoyat ishi qozgatishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni toxtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish;sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan, ishning har tomonlama, tola va xolisona organilishiga tosqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda tasir otkazish holatlari boyicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi.2020-yil 1-mayga qadar advokatura institutini yanada takomillashtirish va advokatlar mavqeini tubdan oshirish boyicha:Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiyasi;Adliya vazirligining Advokatlar palatasi faoliyati bilan bogliq bolgan vakolatlarini qayta korib chiqish orqali ushbu tuzilmaning roli va ahamiyatini yanada oshirish;tergovchi, prokuror va sud tomonidan davlat hisobidan advokatlarni jalb qilish mexanizmini xalqaro standartlar asosida qayta korib chiqish;advokatlar uchun qoshimcha imtiyozlar belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqiladi.Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 1-martga qadar Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 20202021-yillarda samarali amalga oshirish boyicha Yol xaritasi ishlab chiqiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0