Chiroqchida 95 yoshni qarshilayotgan onaxonga biometrik pasport berildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 95 yoshni qarshilayotgan onaxon Ruyab Bolliyeva biometrik pasport oldi. Bu haqda Daryoga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Sobit Raimqulov malum qilmoqda. Foto: Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmatiXabarda aytilishicha, 1925-yil tugilgan onaxon 15-dekabr, yakshanba kuni biometrik pasport olish niyatida tuman fuqarolikni rasmiylashtirish bolinmasiga borgan.Farzandlarim yangi pasport olib berish uchun olib kelishdi, deydi 95 yoshli onaxon Ruyab Bolliyeva. Hatto dam olish kuni bolsa-da pasport stol xodimlari mening mushkulimni oson qilishdi. Men yangi pasport oldim. Foto: Chiroqchi tuman hokimligi axborot xizmati 2019-yil davomida tumanda 40 mingdan ortiq fuqaroga biometrik pasport berildi, deydi bolinma boshligi, mayor Mahmadiyor Jorayev. Shu kungacha 500 dan ortiq fuqaro xonadoniga borib xizmat korsatildi va fuqarolik pasporti yetkazib berildi.Qashqadaryo IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Fayoz Qurbonovning malumot berishicha, viloyatda ayni kunga qadar 2 million 165 ming 515 nafar kishi biometrik pasport olgan. Bu aholini biometrik pasport bilan taminlash 99,7 foizga yetganini korsatadi.Aytilishicha, viloyatda fuqarolik pasportini almashtirishga ugurmagan 6813 nafar kishiga 2019-yil 20-dekabrga qadar yangi pasport berilishi rejalashtirilgan.Eslatib otamiz, ayni kunga qadar foydalanilib kelinayotgan nobiometrik pasportlar 2019-yil 31-dekabr kuniga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0