Olovuddinning Ozbekistondagi sarguzashtlari haqida parkur harakatlariga boy qisqa metrajli film namoyish etildi (video)

Parkur harakatlari ishlatilgan film tarixiy janrda suratga olingan bolib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bagishlangan. Film Ozbekistonning Xiva hamda Buxoro shaharlarining YUNESKO Butunjahon merosi royxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari joylashgan maskanlarda suratga olingan, deb yozmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Axborot xizmati. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiOlovuddin rolini ekstremal aktyor Kalen Chan ijro etgan. Mazkur film Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tashabbusi bilan YouTube ijtimoiy videohostingidagi Devin super tramp kanalining rejissori, amerikalik Devin Grem tomonidan ishlangan.Ozbekistonda bir umr suratga olish imkonimiz bor edi. Tasvirga olish ishlarini Buxoro va Xiva shaharlarida amalga oshirdik. Hammasi xuddi filmdagidek korinardi, lekin bari real edi. Odamlarning munosabati dostona, taomlar nihoyatda mazali, binolar va tarix esa fenomenal edi, deya izoh qoldirilgan kanalda. Sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi kanalning 5,5 milliondan ziyod obunachisi bolib, undagi videolar 1,3 milliard martadan ortiq korilgan.Video syujetiga kora, Olovuddin sehrli chiroqni ogirlab, Buxoro kochalari boylab parkur harakatlarini amalga oshiradi va taqibchi qaroqchilardan epchiligini namoyish qilib qochadi. Uni quvayotgan qilich kotargan bezorilar esa dogda qoladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0