Xonobod shahrida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyati Xonobod shahriga qilgan tashrifi chogida aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy ozgarishlarga erishish, zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yol-yoriq, topshiriqlarini ijrosini taminlash maqsadida boshqa korxona va tashkilotlar qatori Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan elektr tarmoqlarini boshqarishni takomillashtirish, energotizimni barqaror ishlashini taminlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini elektr energiyasiga bolgan ehtiyojini yanada tolaroq qondirishga qaratilgan bir qator ishlarni bajarish boyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Malumki, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrda Elektr energetikasi tarmogini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taminlash chora tadbirlari togrisidagi PQ-3981-sonli Qaroriga asosan Andijon viloyati boylab reja asosida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomalashtirilgan tizimi (ASKUE)ga ulash ishlari jadal olib borilmoqda.Xususan, joriy yilning dekabr oyidan boshlab Andijon viloyati Xonobod shahrida istemolchilarga zamonaviy elektr hisoblagichlarni ornatish ishlari boshlandi.Ushbu elektr energiyasi istemolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirish natijasida shahar hududidagi hisob nuqtalariga jami 10 921 dona, jumlada, aholi istemolchilariga 10 344 dona, ulgurji istemolchilarga 577 dona elektr hisoblagichlar ornatilish taminlanmoqda.Xonobod shahri elektr energiyasi istemolchilari 7 dona podstansiya va undan chiquvchi 38 dona 6-10 kV elektr uzatish tarmoqlari hamda 226 dona transformator punktlariga masofadan turib boshqarish qurilmasiga 210 dona konsentrator ornatiladi, ushbu transformator punktlaridan istemol qilayotgan xonadonlar ESEP-10 dasturi orqali masofadan turib tarmoqqa ulanish imkoniyati yaratildi. Hisoblagichlarni ornatish bilan bir vaqtda uning afzalliklari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.Eslatib otamiz, hisoblagichlar istemolchilarga Hududiy elektr tarmoqlari AJ mablaglari hisobidan bepul ornatilmoqda.Hurmatli istemolchilar, agarda hisoblagichlar ornatishda biror bir anglashilmovchilik kuzatilayotgan bolsa, Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJning Call centre 11-54 qisqa raqami orqali bepul boglanib oz murojatingizni yollashingizni soraymiz.Aholi bilan togridan togri muloqotni yolga qoyish, sohaga oid muammo taklif va shikoyatlarni oz vaqtida hal qilish, murojaatlar bilan ishlashning samarali tizimi faoliyatini taminlash, kelib tushgan murojaatlarni bartaraf etish maqsadida Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi AJda Call centre tashkil etildi.Call centre yordamida jismoniy va yuridik shaxslarning qongiroqlari belgilangan tartibda qabul qilinib, murojaat yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan tegishli maslahatlar beriladi.Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasiAJ matbuot xizmati.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0