Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizligi qisqartiriladi

Senatning 25-yalpi majlisida senatorlar Bazi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunini maqulladi. Foto: Protoday.uzMazkur qonun bilan prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari javobgarligini oshirish maqsadida Prokuratura togrisidagi va Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati togrisidagi qonunlardan mazkur organlar yuqori turuvchi mansabdor shaxslarining roziligi bilan mamuriy javobgarlikka tortish togrisidagi normalar chiqarib tashlandi.Prokuratura togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonunining 50-moddasiga (Prokuratura organlari xodimining daxlsizligi) muvofiq hozirda prokuratura organlari xodimlarining mamuriy huquqbuzarlik va intizomiy nojoya xatti-harakat uchun javobgarligi masalasi yuqori turuvchi prokuror tomonidan hal etiladi. Yangi tahrirda esa songgi band olib tashlangan. Endilikda prokuratura organlari xodimlarining mamuriy huquqbuzarlik va intizomiy nojoya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortishda rahbariyat roziligi talab etilmaydi.Ozbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati togrisidagi qonunining 37-moddasidan (Davlat xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilarining daxlsizlik kafolatlari) Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati raisining, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boyicha boshqarmalari boshliqlarining roziligi bilan mamuriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi togrisidagi norma chiqarib tashlanyapti.Mavzuga doir: Foto: Senatning 2019-yildagi songgi, yigirma beshinchi yalpi majlisi qanday otdi? Senat Maxsus iqtisodiy zonalar togrisidagi qonunni korib chiqdi Ichki ishlar vaziri orinbosari patrul postlari faoliyati yuzasidan Senat majlisidagi tanqidlarga javob berdi Senatorlar mazkur ozgarishlar prokuratura organlari va DXX xizmatchilarining masuliyatini oshirishga qaratilganini qayd etdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0