Qashqadaryoda 65 nafar ishchi ovqatdan zaharlandi

Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida joylashgan Enter Enjineering kompaniyasiga qarashli G‘uzor tumanida UzGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilaridan 9 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga va Nishon tez tibbiy yordam ilmiy markaziga 2 nafari 13-dekabr, juma kuni soat 8:30 dan 16:30 gacha ko‘ngil aynishi, qayd qilish, tana haroratining ko‘tarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan murojaat qilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev xabar berdi. Foto: UzGTLO‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng ularga ovqatdan zaharlanish — “O‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilib, shifoxonaga yotqizilgan.Mazkur holat bo‘yicha Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan iste’mol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 14-dekabr, shanba soat 7:00 holatiga o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida yana 54 nafar ishchi ovqatdan zaharlangani aniqlanib, shifoxonalarga olib kelingan.Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida 10 nafar, G‘uzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam bo‘limida 2 nafar, jami 65 nafar bemor davolanmoqda. Bemorlarning 46 nafarining ahvoli yengil, 19 nafari o‘rtacha, og‘ir bemorlar yo‘q. Dori-darmonlar zaxiralari yetarli.Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0