Torrekyara muhabbat bir umrga qonim topgan qasr (fotogalereya)

Italiyaning Parma viloyatida joylashgan Torrekyara (Nurli saroy) qasri mamlakatdagi eng korkam binolardan biri hisoblanadi. XV asrga oid juda yaxshi saqlangan qasr Italiyadagi barcha sevishganlar uchun oziga xos maskanga aylangan. Saroy tarixi hududdagi eng gozal, oxiri yaxshilik bilan tugagan EmilyaRomanya muhabbat qissasi bilan boglangan. Foto: Big PictureBu yerga nafaqat mahalliy aholi vakillari, balki mamlakatga mehmonga kelgan sayyohlar ham tashrif buyurishga shoshiladi. Saroydagi muhit Pyer Mariya Rossi va Byanka Pellegrinining yorqin va betakror sevgisiga monand.Torrekyara qasri Parmadan 20 kilometr uzoqlikda janubi-garbdagi Langirano kommunasida joylashgan. Foto: Big PictureSuratdagi ushbu saroy 14481460-yillar oraligida Pyer Mariya Rossi tomonidan sevgilisi Byanka Pellegrini de Arlunoga atab bunyod qilingan. Foto: Big PictureQasr yaqinida bir nechta xonadonlar joylashgan va ularda asosan saroyda ishlaydigan fuqarolar istiqomat qiladi. Foto: Big PictureQasr yonida Juzeppe Vikarining sharob ishlab chiqarish kichik korxonasi joylashgan. Foto: Big PictureJuzeppe Vikari ishlab chiqarishning barcha jihatlari va oziga xosliklari haqida erinmay gapirib bera oladi. Foto: Big PictureIshlab chiqarish ham, sotuv dokoni ham kichik binoning ozida joylashgan. Foto: Big Picture Foto: Big Picture Foto: Big Picture Foto: Big PictureQasrga kiraverishdagi yozgi maktab oquvchilari, ular qandaydir tarixiy oyinda ishtirok etmoqda. Ogil bolalar kavaler, qizlar esa muloyim xonimlar. Foto: Big PictureUshbu kichik uyda saroyga kirish chiptaxonasining xodimi yashaydi. Foto: Big PictureTorrekyara qasri San-Sekondo grafi kondotyer Pyer Mariya II Rossi (14131482-yillarda yashagan) tomonidan qurilgan. Pyer Mariya 20 yoshida lotin, yunon, ispan tillari va tibbiyotni yaxshi bilgan, kuchli jangchi va Franchesko Sfortsining yaqin dosti hisoblangan. Foto: Big PictureU shu darajada boy bolganki, hatto imperator va Rim Papasi bilan bu borada raqobatlasha olgan. Pyer Mariya Rossi Milandagi saroyda Byanka Pellegrini bilan uchrashib, uni sevib qoladi. Foto: Big PictureUlar sevgi yolidagi turli tosiqlarga qaramay aslo taslim bolmagan. Graf sevgilisi Byanka uchun 14481460-yillarda Torrekyara qasrini qurdirgan. Foto: Big PictureRossining ikkita oilasi bolgan, ikkisi uchun alohida-alohida saroyi bolgan: birinchi xotini Antonina va bolalari bilan San-Sekondoda, Byanka bilan esa Torrekyarada yashagan. Foto: Big PictureSaroyning koplab xonalaridagi devorlarga turli tasviriy asarlar chizilgan. Asarlarda naturalistik, fantastik va hayotning haddan ziyod borttirilishi, yani grotesk mavzudagi syujetlar aks etgan.Pyer Mariyaning qonuniy rafiqasi 1468-yilda vaboga chalinib vafot etgan, biroq Pyer va Byanka ushbu voqeadan keyin nikohdan otgan yoki otmagani haqida malumotlar yoq. Foto: Big PicturePyer Mariya San-Nikomededagi ibodatxonaga dafn qilingan, Byankaning qabri ham uning yonida. Keyinchalik sevishganlarning qabri boshqa yerga kochirilgan.Pyer Mariya graflik davrida devorlardagi gipsdan yasalgan shakllar oltin bilan qoplangan, biroq keyinchalik saroyning boshqa egalari tillalarni yigib olib, sotib yuborgan. Foto: Big PictureTorrekyara saroyining xaritada aks etgan korinishi. Foto: Big Picture2008-yilda zilzila yuz berib saroy talofat kordi, 2010-yilda tamirlash ishlaridan keyin qayta ochildi. Foto: Big PictureQasr ayvonidan uzumzorlarni tomosha qilish mumkin. Foto: Big PictureYevropadagi koplab saroylarda bolgani kabi Torrekyaraning ham oz arvohi bor. Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, oy tolin bolgan tunda, tuman ichida saroy hovlisiga juda gozal ayol sharpasi kirib keladi. Foto: Big PictureQasr viloyat munitsipalitetining balansida turadi. Foto: Big Picture Foto: Big PictureQasrda hozir ham hayot qaynaydi sayyohlar keladi, bayramlar otkaziladi, jozibali musiqa yangraydi Har yili otkaziladigan festivallar, jaz, opera va liboslar bilan bogliq tadbirlar shular jumlasidan. Ushbu tadbirlarning mavzusi esa olmas sevgi qissalari.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0