Namangandagi YPX maskanida yukxonasi pirotexnika vositalari bilan to‘ldirilgan Lacetti to‘xtatildi

Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan “Namangan” muntazam YPX maskanida Lacetti rusumli avtomobil to‘xtatildi. Bu haqda “Daryo”ga YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiTekshirish jarayonida mashina yukxonasida noqonuniy tarzda olib kirilgan pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Ular jami 108 ming donadan ortiq bo‘lib, bozor qiymati 19 million so‘mni tashkil etadi. Foto: Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiPirotexnika vositalari hudud profilaktika inspektoriga topshirildi. Foto: Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiHolat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0