Surxondaryoda Yongin xavfsizligi xodimlariga zamonaviy avtomobillar topshirildi

Surxondaryo viloyati Yongin xavfsizligi boshqarmasi va quyi tizimlariga 6 ta yangi yongin ochirish avtomobili topshirildi. Bu haqda Daryoga viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin Torayev malum qilmoqda. Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatiMalum qilinishicha, joriy yilning otgan davri mobaynida viloyatda 417 ta yongin sodir bolgan. Shundan 2 tasida 2 nafar fuqaro vafot etgan, 3 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Sodir bolgan 417 ta yonginning 342 tasi (82,1 foizi) aholi turar joylariga togri keladi. Hududlarda shu kabi holatlarning oldini olish, yongin xavfsizligi qismlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitini yaxshilash maqsadida 2018-yilda 2 ta, joriy yil hisobidan berilgan jami 8 ta asosiy, maxsus va yordamchi yongin ochirish avtomobili bilan taminlanishi bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi, deydi viloyat Yongin xavfsizligi boshqarmasi boshligi Nurali Qodirov. Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatiQayd etilishicha, 6 ta yongin ochirish avtomobilidan bittasi maxsus bolib, uning tepa qismida 35 metrli avtonarvon ornatilgan. Ushbu avtonarvon yongin ochiruvchilarga yuqoriga kotarilish, imkon qadar yonginni bartaraf qilish va jabrlangan fuqarolarni qutqarishga qulayliklar yaratadi. Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatiQolgan 5 ta asosiy yongin ochirish avtomobili esa 2, 4, 6 tonna suv hamda 150, 350, 450 litr kopik hosil qiluvchi suyuqlik bilan toldirilgan sigimga ega bolib, ular yongin va favqulodda holatlar sodir bolgan manzilga shaxsiy tarkib bilan birga yongin ochirish vositalarini olib yurishga moljallangan. Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmatiZamonaviy yongin ochirish avtomobillarini topshirish marosimida viloyat hokimi Tora Bobolov ishtirok etib, bu avtomobillarda yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0