Ozini Prezident apparati xodimi deb tanishtirgan shaxs Daryo muxbiriga bosim otkazdi

Daryo muxbiriga ozini Prezident apparatidan, - deb tanishtirgan xodim bosim otkazishga urindi va jurnalistik materialini ochirib tashlashni talab qildi.Daryo internet nashrining Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbotaevga qongiroq qilgan Nishonboy Abduvoitov ozini Prezident apparati xodimi, deb tanishtirganva muxbirdan tayyorlagan materialini saytdan ochirib tashlashini talab qilgan.Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida takidlash lozimki, Daryoda Farhod Norbotayev muallifligida Samarqandda qiziga tegajoglik qilgan shaxsni urib oldirgan ota 17 yilga qamalgani xususida xabar berilgandi.Muxbir bilan telefon orqali muloqot qilgan Nishonboy Abduvoitov muxbirdan tayyorlagan xabaridagi malumotni qaerdan olganini soraydi. Malumot sud tomonidan taqdim etilganligini eshitgach, Nega sud beradi, sababi bormi? deya savol beradi. Hamda malumot yolgon ekanligini, xabarni tezda ochirishi lozimligini buyuradi2007 yil 15 yanvar kuni qabul qilingan "Ommaviy axborot vositalari togrisida"gi Ozbekiston Respublikasi qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish haqida"gi Qonunning 7-moddasida senzuraga yol qoyilmasligi haqida soz yuritiladi. Unda shunday deyiladi: Ozbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yol qoyilmaydi. Elon qilinayotgan xabarlar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni ozgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqi yoq.Ozini Prezident apparati xodimi deya tanishtirgan Nishonboy Abduvoitovsud chiqargan hukm adolatli ekanligiga ham ishonmagan. Sud vaziyatni ocholmagan-ku, - deydi Nishonboy Abduvoitov.Xabarni ochirib tashlashni talab qilgan xodim axborot manbai bilan ham qiziqqan va muxbirdan malumotni taqdim etgan odam kimligini aytishini soragan. Holbuki yuqorida tilga olingan Qonuning 33-moddasida Axborot manbaini oshkor etmaslik haqida soz boradi. Jumladan: Tahririyat oz nomini oshkor etmaslik sharti bilan berilgan axborot, malumotlar, faktlar yoki dalillar manbaining nomini, shuningdek taxallusini qoygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas.Sayt hududiy bolimi muharriri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Nishonboy Abduvoitov bilan muloqot qildi. Haqiqatdan ham ozini Prezident apparati xodimi deya tanishtirgan Abduvoitov aynan kim bolib ishlashi haqidagi savolga Internet saytlari boyicha ishlayman deya javob berdi. Muxbirdan xabarni ochirib tashlashini talab qilganini tan oldi.Nishonboy Abduvoitov bilan suhbatdan anglashilishicha, qotil otaning qiziga tegajoglik qilgan marhum Abduvoitovning qarindoshi.Nishonboy Abduvoitov suhbat songida sayt sud tomonidan taqdim etilgan malumotni olib chiqishini togri tushunishini, bunga etirozi yoqligini bildirar ekan, yana bir bor xabarni ochirib tashlashni soradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0