Toshkentda yashirinib yurgan soxta IIB xodimi Namanganda haqiqiy ichki ishlar vakillariga taslim boldi

Jinoyat ishlari boyicha Namangan shahar sudi ochiq sud majlisida JKning 166-moddasi 3-qismi a bandi bilan ayblangan Azimjon Aliyevning (ism-sharif ozgartirilgan) jinoyat ishi korib chiqildi. Bu haqda shahar sudiningsudyasi Nodirbek Rayimqulov malum qildi, debxabar bermoqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev. Foto: DaryoSudlanuvchi 1990-yili Namangan tumanida tugilgan, muqaddam 2015-yil yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etganligi sababli 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Amnistiyaga asosan jazoning otalmay qolgan qismi axloq tuzatish ishlariga almashtirilib, qamoqdan ozod etilgan va tayinlangan jazodan 2016-yil 30-dekabr kuni amnistiya aktiga asosan ozod qilingan.Ammo u bunday yengillikdan oziga togri xulosa chiqarmay yana jinoyatga qol urdi. 2017-yil 22-may kuni soat 10:30 atrofida Namangan shahar, Furqat MFY hududida joylashgan kanalga borib, u yerda uch nafar voyaga yetmagan bola chomilayotganligini korgan. Bolalar bu yerdan ketmoqchi bolganida ularni toxtatib, nima qilib yurganligini soraganida ular bu yerga chomilish uchun kelganligi, maktabda 8-sinf oquvchisi ekanliklarini aytishgan.Shunda u ozini ularga IIB xodimi sifatida tanishtirib, dars vaqtida tentirab yurganlari uchun ularni ichki ishlar idorasiga olib borishi va ota-onasini chaqirib, jarima solishini aytadi. Qorqitib, telefon yoki pullari bolsa berishini talab qiladi. Shunda M.A. ismli bola Artel rusumli telefoni borligini aytib, unga qurilmasini tutqazadi.Shundan song Azimjon Aliyev ularni qoyib yuboradi. Bolalar yollarida uchragan IIB xodimlariga bolgan voqeani aytib, arz qiladi. Ular bolalar bilan birga kanal atrofiga kelib, Aliyevni qolga oladi. Unga nisbatan jinoyat ishi qozgatilib, munosib xulq-atvorda bolish haqidagi tilxat qollaniladi. Biroq Azimjon avval ham qamalib chiqqani uchun qorqqanidan Toshkentga qochib ketadi.2017-yil 18-iyulda sud tomonidan qidiruv elon qilinib, unga nisbatan qollanilgan munosib xulq-atvorda bolish haqidagi tilxat qamoq ehtiyot chorasiga almashtiriladi.Joriy yil oktabr oyida uning Toshkentda ekanligi aniqlanib, olib borilayotgan sud-huquq sohasidagi islohotlar tushuntirildi. Shundan song Azimjon Aliyev Namanganga qaytib kelib, IIB xodimlariga taslim boldi.Sud ushbu jinoyat ishini qorib chiqib, A.Aliyevga qonun sanksiyasida nazarda tutilgan jazodan ham yengil jazo tayinladi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi a bandi bilan JKning 57-moddasini qollab, 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0