Ozbekistonda Bankrotlik togrisidagi qonunga ozgartishlar kiritildi

Bankrotlik togrisidagi qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali malum qildi.Qonun bilan kiritilgan ozgartishlarga kora, bankrotlik togrisidagi ishni qozgatish uchun beriladigan arizada qarzdor va kreditorlarga tolov qobiliyatini tiklash yoki tugatish tartibotlari qollashni korsatgan holda murojaat etish huquqi berildi.Kreditorlar yigilishida kreditorlar tomonidan ovoz berishda guruhlarga bolish va har bir kreditor guruhining ovozlari alohida inobatga olish amaliyoti joriy etildi. Shuningdek, endilikda kelishuv bitimi bankrotlik taomili deb hisoblanmaydi. Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik togrisidagi ishni korib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.Qonunga kora, bankrotlik togrisidagi ishni korish muddati 1 oy etib belgilandi (hozirga qadar bu muddat 2 oy edi).Shu bilan birga, endilikda sud sanatsiyasi kopi bilan 24 oy muddatga joriy etiladi (hozirga qadar 24 oy joriy etilib, iqtisodiy sud tomonidan kopi bilan 6 oyga uzaytirilishi mumkin edi). Ushbu qonun rasmiy elon qilingan kundan etibordan kuchga kiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0