Qashqadaryo hokimi va IIB boshligi 17 yoshli bolaga fuqarolik pasportini olishda komaklashdi

Qashqadaryoda oilaviy sharoiti sabab, fuqarolik pasportini oz vaqtida ololmagan 17 yoshli osmir viloyat hokimi Zoir Mirzayev va IIB boshligidan komak soradi, deb xabar bermoqda Daryo muxbiri. Foto: Qashqadaryo IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiXabar berilishicha, 17 yoshli bola Prezidentning Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida qabul otkazayotgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev va IIB boshligi Shuhrat Sotvoldiyev qabulida bolib, ahvoli ogirligini malum qilgan.Ulugbek Mahmadumarovning shaxsiga oid hujjatlari organib chiqilganda, uning otasi Tojikiston Respublikasi fuqarosi ekanligi, hozirgi kunda Tojikiston Respublikasi Vaxsh tumanida yashashi, onasi Mengboyeva Mahbubaga esa fuqaroligi yoq shaxs sifatida guvohnoma rasmiylashtirib berilganligi aniqlandi, deydi Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Fayoz Qurbonov.Aniqlanishicha, u onasi bilan Qarshi tumanining Otchopar qishlogida yashab keladi.Zoir Mirzayev topshirigiga asosan 17 yoshli osmir murojaati IIB boshligi, polkovnik Shuhrat Sotvoldiyev nazoratiga olindi va homiylik yordamida unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat fuqarolik pasporti rasmiylashtirib, pasport bilan birga badiiy kitob sovga qilindi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0