Osha paytda kallam ketishini poylashganmidi?. Yulduz Usmonova Gulnora Karimova va Gulisan qoshigi atrofidagi gap-sozlarga munosabat bildirdi (video)

Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti Yulduz Usmonova Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.Mavzuga doir:Yulduz Usmonova 10 yil zapretda yurishiga sabab bolgan voqealarni gapirib berdiYulduz Usmonova ozining Instagram sahifasiga Gulnora Karimovani qollab-quvvatlayotgan va unga ozodlik sorayotgan xonandalarni tanqid qilgan videosini joylagandan song ijtimoiy tarmoqlarda bir vaqtlar Gulisan qoshigini kuylab, bugungi kunda boshqacha munosabat bildirayotgani keskin qoralangan edi.Yulduz Usmonova suhbat davomida Gulnora Karimova haqida kuylagan Gulisan qoshigi buyurtma bolgani, osha vaqtlarda boshidan nimalar otgani haqida gapirib berdi.Gulisan qoshigini buyurtma qilingan qoshiq deganman. Mayli, meni yolgonchiga chiqaringlar, lekin, mening musiqachilarim hali olgani yoq, oshandan keyin Amerikaga ketib qolganlari bor, bu yerda ishlayotganlari bor, bemalol sorab korishingiz mumkin. Zokir akani Afgon studiyasida yozganmiz. Qanday bolganini ana oshalardan sorasangiz aytishadi. Buyurtma qilingan qoshiq edi. Ijro etish majburiyatimiz bor edi. Men osha paytda bir narsa deyishim mumkin edimi, bu yerda qizim, nevaralarim bor edi. Nima ham deya olardim. Keyin yurtdan chiqarib yuborishgan, hamma narsamni tashlab ketdim. Kim turib bera oldi? Vallomati ham osha paytlarda indamay otirdi-ku. Nega faqat meni gapiraverishadi? Osha paytda kallam ketishini poylashganmidi? Nima qilishim kerak edi?!Asrlar sadosi da qoshiqni yozasan deyishdi. Yoq, yozmayman dedim. Keyin xojayinim Mansurjon orqali chiqishdi. Yozsin, osha yerda chiqishi kerak, deyishdi. Biz osha yerda chiqmaymiz dedim. Yozasiz, chiqarkansiz, deyishdi. Mayli deb yozdik, lekin, meni aytdi deysiz chiqmaymiz, dedim. Chiqayotgandim, sahnani oldigacha borgan edim, sahnani oldidan Shuhrat Gulomov kelib bitta qogoz korsatgan. Prezidentimiz qol qoygan qogozda mening ismim ustidan, qizil bilan, urib, chizib qoyilgan ekan.Mening nima qilishga haqqim bor edi. Olmay qolganimga Xudoga shukr. Men nimalarni yashab otmadim. Hammaga gapirish oson. Oson tutganni boshiga solsin, boshiga solsinda korsin. Gulnoradan alamim yoq, uning mard taraflari ham bor edi. Ozi yesa ham birovga yedirmas edi, ozi chaqsa ham birovga chaqdirmas edi. Shu odatlari bor edi, qoldan kelganicha. Lekin, davlat byudjetini omarib qoyishdi-da... Men u haqda gapirgan bolsam, bilganimni gapirdim. Uni haqorot qilganim yoq. Xalqni pulini qaytarib ber, bola-chaqang bilan bemalol yasha.Yulduz Usmonova, Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0