Toshkentdagi Qo‘yliq bozori atrofidagi ba’zi ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentning Bektemir tumanidagi asosiy yo‘lning bir qismi 15-dekabr soat 22:00 dan 19-dekabr soat 23:00 ga qadar yopiladi.Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, yo‘llar yer osti yuqori bosimli gaz quvurini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. Bular: “Qo‘yliq dexqon bozori”ning old tomonidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab TAXYga o‘tish (dublyor)qismigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi. “Qo‘yliq universal savdo majmuasi”ning old tomonidan Bektemir yo‘li ko‘chasi bo‘ylab TAXYga o‘tish(dublyor)qismidagi oraliqdagi yo‘lning qatnov qismi. Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiMavzuga doir: Qo‘yliqda odamlar hayotini xavfga qo‘yib ko‘prik ostidan yo‘lni kesib o‘tishga majbur bo‘lmoqda (foto) “Qo‘yliq” bozori atrofidagi betartiblikning sababi nimada? (video)

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0