AQSh Trampning telefon suhbatini tinglashi mumkin bolgan shaxslar royxatini cheklab qoydi

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning boshqa davlat rahbarlari bilan telefon suhbatini eshitish imkoniyatiga ega bolgan shaxslar sonini cheklab qoydi, deb xabar beradi CNN. Foto: APBu kabi qaror malumotlarning tarqab ketishini oldini olish uchun qabul qilingan. Endilikda telefon suhbatlarini administratsiyaning Tramp tomonidan tayinlangan aksariyat xodimlari tinglay oladi. Ularning royxatini AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boyicha maslahatchisi Robert OBrayen tuzadi.Trampning suhbatini eshita oladiganlar royxatidan OBrayen, uning orinbosari Mett Pottinger, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvchi Mik Malveni va uning orinbosari Rob Bler orin olgan.Mavzuga doir: Amerikaliklarning kopchiligi Trampga qarshi impichmentga rozi emas AQSh Kongressida Trampga nisbatan impichment jarayoni qonuniy ekanligi malum qilindi Eslatib otamiz, 25-sentabr kuni Oq uy Tramp va Zelenskiyning telefon suhbati stenogrammasini elon qilgandi. Prezidentlarning suhbati sabab AQSh yetakchisiga nisbatan impichment jarayoni ilgari surilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0