Video: U-23 Osiyo Chempionatlari tarixidagi eng chiroyli gol aniqlanmoqda. Nomzod gollarning yarmi O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yinlarda urilgan

Osiyo futbol konfederatsiyasi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlarida kiritilgan eng chiroyli golni aniqlash uchun so‘rovnoma boshladi. Foto: OFKMazkur ro‘yxatga turli yillardagi U-23 Osiyo chempionlarida urilgan gollar kiritildi.Qizig‘i nomzod sakkizta golning to‘rttasi O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yinlarda urilgan. Aziz G‘aniyevning 2018-yili Xitoyda o‘tgan Osiyo Chempionatida Janubiy Koreyaga urgan goli ham ushbu ro‘yxatga kiritildi. Yana uchta gol O‘zbekiston darvozasiga urilgan.Mazkur ro‘yxat bilan tanishing: Zakariya al Sudani (Saudiya Arabistoni) — O‘zbeksitonga qarshi o‘yin (1:0), U-23 OCh—2014 guruh bosqichi Abdulkarim Hassan (Qatar) — Xitoyga qarshi o‘yin (3:1), U-23 OCh—2016 guruh bosqichi Ahmad al Sarori (Yaman) — O‘zbekistonga qarshi o‘yin (1:3), U-23 OCh—2016 guruh bosqichi Mahdi Torabi (Eron) — Xitoyga qarshi o‘yin (3:2), U-23 OCh—2016 guruh bosqichi Umar Maanasrah (Iordaniya) — Vyetnamga qarshi o‘yin (3:1), U-23 OCh—2016 guruh bosqichi Shoya Nakajima (Yaponiya) — Eronga qarshi o‘yin (3:0), U-23 OCh—2016 chorak finali Azizjon G‘aniyev (O‘zbekiston) — Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin (4:1), U-23 OCh—2018 yarim finali Nguyen Kuan Hai (Vyetnam) — O‘zbekistonga qarshi o‘yin (1:2), U-23 OCh—2018 finali Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0