Ozbekistonda tez tibbiy yordam chaqiruvlarini shoshilinchligiga qarab joylashtirish tartibi joriy etilishi mumkin

Tez tibbiy yordam chaqiruvlarining shoshilinchligiga qarab joylashtirish tartibi elon qilindi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida elon qilindi. Foto: Xalq sozi onlineUnga kora, tez tibbiy yordam xizmatida chaqiruvlarning shoshilinchligiga qarab joylashtirish va ularga xizmat korsatish tartibi chaqiriq beruvchi (bemor yoki boshqa shaxs) tomonidan korsatilgan chaqiruv sabablaridan kelib chiqib belgilanadi.Chaqiriq manzillariga tez tibbiy yordam (TTYO) brigadalarining yetib borish vaqti chaqiriq dispetcher tomonidan tez tibbiy yordam brigadasiga berilganidan keyin hisoblanadi.Tez tibbiy yordam (TTYO) chaqiriqlari ustuvorliklari boyicha 2 ga ajratiladi: Shoshilinch TTYO brigadasining bemorga murojaat paytidayoq uning hayoti va sogligi uchun bevosita xavf soladigan jarohatlar va kasalliklar munosabati bilan chaqirilishi; Shoshilinch bolmagan va tezkor chaqiriqlar TTYO brigadasining bemorga murojaat paytida uning hayoti va sogligi uchun bevosita xavf tugdirmaydigan, ammo vaqt otishi bilan uning sogligi yomonlashishiga va hayotiga xavf tugilishiga olib kelishi mumkin bolgan kasalliklar va holatlar munosabati bilan chaqirilishi. Shoshilinch chaqiriqlariga: ogir tan jarohatlari (yol harakati hodisalari, balandlikdan yiqilish, favqulodda holatlar natijalarida), bemorning hushdan ketishi, turli shok holatlari, profuz qon ketishi (meda-ichak, bachadon, burundan), tugruq, terining termik kuyishi sovuq urishi, bemorning kimyoviy moddalar yoki dori vositalaridan otkir zaharlanishi, elektrdan jarohatlanish kiradi.Shoshilinch bolmagan va tezkor chaqiriqlariga: harakat faolligini tosatdan buzilishi, yurak ritmining buzilishi (aritmiya), astma xuruji, orta va yengil tan jarohatlari, yot jism, allergiya, bosh ogrigi, qorin, kokrak qafasidagi ogriqlar, psixikani otkir buzilishi, buyrak xurujlari, qusish, toshma, yuqori isitma (agar isitma peroral dori vositalari bilan tushmasa), otkir peshob ajralmasligi hamda bemorni tibbiyot xodimidan olingan chaqiruv boyicha transportirovka qilish bilan bogliq TTYO brigadasini chaqirish holatlari kiradi.TTYO brigadalarining chaqiriq manziliga chaqiriq tez tibbiy yordam brigadaga yetkazilgandan keyin shoshilinch chaqiriqlarda 20 minutdan kechikmasdan, shoshilinch bolmagan va tezkor chaqiriqlarda 30 minutdan kechikmasdan yetib borishi lozim.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0