Jahon matbuoti: Shimoliy qutbdan ayrilamiz, Iroqni navbatdagi arab bahori, turk askarlarini esa Liviyaga safar kutmoqda

Daryo otayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, kopchilikning qiziqishiga sabab bolgan maqolalar sharhiga toxtalib otadi.Iqlim ozgarisi: muzliklar taqdiri qanday kechadi?The New York Times nashri Arktika mintaqasida bu yilgi yoz rekord darajada yuqori bolgani haqida tadqiqot natijalarini elon qildi. Muzliklar erib borishi esa mintaqada oziq-ovqat zanjiri uzilishi va suv sathi keskin kotarilishi kabi muammolarga olib kelmoqda. Foto: Google PhotosIqlimshunos olimlar Arktikada sentabr oyida kuzatilgan ortacha harorat 1900-yildan beri eng yuqori ikkinchi korsatkichda bolganini qayd etdi. Aynan osha yildan harorat qayd qilib kelinadi.Yangi yuqori daraja kuzatilar ekan, bu dunyo iqlimshunoslari orasida Arktikada oxirgi olti yil mobaynida eng iliq harorat kuzatilgani borasida xavotirlar keng yoyilishiga olib keldi.Hisobotning muzliklar haqidagi bolimiga masul bolgan Dartmut kolleji professori Donald Perovich kuzatishlar chindan butun bir ekotizim keskin oqibatlar ostida qolib ketayotganini korsatmoqda, deb takidladi.Milliy okeanshunoslik va atmosfera havosini kuzatish mamuriyati hisobotlarga nazar tashlar ekan, hisobotdagi iqlim ozgarish bilan bogliq dalillarni tahlil qiladi va ayni paytda olingan natijalarni otmishdagi natijalar bilan taqqoslaydi.Arktikaga tadqiqotchilar etibor berayotganining sababi shundaki, bu mintaqa Yer sayyorasining boshqa mintaqalari kabi ota tez suratlar bilan isib bormoqda. Nafaqat dunyo ummonlarida, balki quruqlikdagi hayotda ham jiddiy ozgarishlarga olib kelmoqda.Iyul oyida Reykyavikda (Islandiya) va Ankorijda (Kanada) rekord daraja deb qayd etilgan iliq yoz oyi boldi.Harorart iliq bolishi nafaqat yoz oylari uchun xos. Dekabr oyida Svalbardda (Norvegiya) harorat Selsiy boyicha 5,5 darajani korsatdi. Bu 19812018-yillar oraligida kuzatilgan harorat ortacha darajasidan iliqroq bolganini korsatdi.Hisobotda, shungdek, Grenlandiyadagi muz toglari ulkan hajmda erib borishi suv sathi keskin kotarilib borishiga sabab bolayotgani aytiladi. The Nature jurnalida elon qilingan malumotlarga kora, Grenlandiyada muz erishi 1990-yillardagidan yetti borabarga tezlashgan.Muzliklar erishi nafaqat sut sathi kotarilishi, balki ularni oziga makon qilgan qutb ayiqlari va boshqa jonzotlar omon qolishiga ham xavf tugdirmoqda.Havo harorati kotarilishi Arktika mintaqasida istiqomat qilayotgan tub aholining ham hayotiga jiddiy xavf solmoqda. Tub aholini asrlar mobaynida oziq-ovqat bilan taminlab kelgan mintaqa endilikda ularni ochlikdan azob chekishga mahkum qilmoqda.Bu olimlarni iqlim ozgarishi borasida siyosatni ozgartirish kerakligi haqida bong urishga chaqirmoqda. Oz vaqtida Arktikada kerakli ishlar olib borilmasa, bu dunyo kelajagini hozirgidan-da fojialiroq bolgan mudhishliklarga olib borishi mumkin.Turkiyaning keyingi nishoni Liviya boladiOrtayer dengizi yirik toqnashuvlar markaziga aylanadi, deb yozmoqda The Jerusalem Post nashri. Bu mintaqada bir tarafdan Turkiya, boshqa bir tarafdan Misr, Gretsiya, Kipr va Isroil toqnashmoqda. Manfaatlar toqnashuvi kengayar ekan, ehtimoliy ziddiyatlarga Liviya, BAA, Saudiya Arabistoni va Rossiya qoshilib ketadi. Foto: Google PhotosRasmiy Anqaraning bayonot berishicha, Turkiya hukumati mintaqada Isroil, Kipr, Gretsiya va Misrga qarshi chiqadi. Liviya va Ortayer dengizidagi harbiy amaliyotlarda ishtirok etadi.Bu esa Turkiya oktabr oyida Suriyada boshlagan harbiy amaliyotdan hech qancha vaqt otmay yangi siyosiy avantyura boshlash istagidaligini korsatib qoymoqda.Anqara Kipr, Gretsiya, Misr va Isroilga tahdid bitilgan bayonnoma yuborar ekan, ular mintaqada tabiiy gaz tashish chegaralarini ozi bilganicha ornata olmasligini bildirdi. Shuningdek, Turkiya hukumati mintaqada barqarorlikni taminlash uchun Liviyada harbiy amaliyot boshlashga yashil chiroq berishini ham qoshimcha qildi. Korinib turibdiki, Turkiya armiyasidan tinchlik posboni sifatida foydalanishga urinmoqda.Adolat va taraqqiyot partiyasi va uning rahnamosi Rajab Toyyib Erdogon bir necha yillardan beri mintaqadagi davlatlarga harbiy tahdidlarini yogdirib keladi. Buning isbotini Iroq va Suriyadagi turk harbiy amaliyotlarida korish mumkin.Hozirga qadar Turkiya terrorchilikka qarshi kurash maqsadida nigohini qoshni mamlakatlarga qaratib kelayotgan edi. Endilikda Anqara diqqatini Ortayer mintaqasiga qaratmoqda. Xalqaro jamoatchilikka hech bir subyekt Ortayer dengizida turk hukumati roziligiz neft va gaz qidira va burgulay olmasligini takidlamoqda. Yaqin vaqtlarga qadar Turkiya oz qirgoqlari yaqinida gaz va neft konlarini qidirish va burgulash huquqiga ega ekanini takidlab kelgan bolsa, endilikda u Ortayer mintaqasini ikki qismga bolgan holda Kipr, Gretsiya va Liviya suv hududlarini nazorat qilayotganini va u yerga hech kim kira olmasligini takidlamoqda.Tahdidlar Turkiya hukumati Liviyadagi ozaro nizolashayotgan siyosiy guruhlarning Tripolida joylashgan milliy rozilik hukumati rahbarlari bilan kelishuv imzolaganidan song yangramoqda. Avval Turkiya Tripoliga uchuvchisiz uchoqlar va zirhli texnika yetkazib berdi. Dekabr oyida esa Tripoli hukumati bilan iqtisodiy hududlarni demarkatsiya qilish kelishuviga erishdi. Bu kelishuv Anqaraga kichik bolsa-da, Ortayer dengizi hududini nazorat qilish imkonini berdi. TRT kanalida bayonot bergan turk hukumati Kipr hukumati bir tomonlama burgulashiga qarshilik korsatishini aytdi.Turkiya 1970-yillarda Gretsiya agressiyasiga javoban Kipr hududiga qoshin kiritgan edi. Shundan beri u Shimoliy Kiprni qollab-quvvatlab keladi. Turkiya nazarida, Shimoliy Kipr zaxiralardan foydalanish huquqiga ega. Anqara Shimoliy Kipr Ortayer dengizida eng uzun dengiz chizigiga ega deb hisoblaydi.Erdogon Saudiya Arabistoni va Qatar ortasida kechgan nizo davrida Qatarga, song Somaliga qoshin yuborgan edi. Bugun esa Tripoli lozim topsa, Liviyaga ham qoshin yuborishini ochiqladi.Rossiya, Misr va BAA Liviyada Xalifa Haftar hokimiyatini qollab-quvvatlayotgan bolsa, Turkiya milliy rozilik hukumatini dastaklamoqda. Suriyadagi kabi turk hukumati rasmiy Kreml bilan Liviyada ham birgalikda ishlashiga togri keladi. Hurriyet nashrining xabar qilishicha, turk hukumati Liviya masalasini muhokama qilish uchun Rossiya bilan telefon muloqoti otkazadi. Kelasi yilning 8-yanvar sanasida Erdogon Putin bilan Turk oqimi quvuri loyihasini Istanbulda muhokama qilishni belgilagan.Rasmiy Anqaraning Isroildan yoki Kiprdan Italiyaga yonaltiriladigan gaz quvuri ornatishni toxtatgani Ortayer dengizida oyin qoidalari ozgarganidan darakdir.Bu esa Turkiya Ortayer mintaqasida yetakchi kuch bolishga intilayotgani, Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi reydlarda qudratini korsatib qoyishni istayotgani, falastinliklarni Isroildan himoya qilib, HAMASni dastaklashga intilayotganidan darak.Iroq millatchiligi qaytib keldimi?Iroqdagi norozilik namoyishlari osib borar ekan, Amerika hukumati bu mamlakatdan yaxshi xushxabarlar kelishiga umidvor, deb yozadi The Foreign Policy nashri. Foto: APAmerikaliklar nazarida norozilik namoyishlari Texronning Iroqdagi tasir doirasiga zarba beradi. Bu haqida hattoki AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ozining twitterdagi rasmiy sahifasida ham izoh qoldirdi.Today, we're taking action to honor the pledge to use our legal authorities to sanction corrupt Iraqis who are stealing the country's public wealth and targeting peaceful protesters. Political leaders and government officials must put #Iraq first. Secretary Pompeo (@SecPompeo) December 6, 2019Eron yollagan guruhlar Eron, yoqol! deb norozilik bildirayotgan namoyishchilarga qarshi zoravonlik qilmoqda. Bu Iroqda Tehron soyasida qolayotgan hukumatga, korrupsiyaga qarshi norozilik harakatlari keng quloch ochishiga olib keldi.Iroqdagi vaziyat AQShda ajoyib ssenariy sifatida qabul qilinayotgan bolsa-da, amerikaliklarning qoni va puli evaziga mamlakatda Eron tasiri kuchaydi deb hisoblash xatolik boladi. Bu Yaqin Sharqdagi vaziyatni EronAmerika raqobati deb nomlanuvchi kozoynak bilan korishdir. IShIDga qarshi kurashda Eron va AQSh ozaro ittifoqchilarga aylangan bolsa-da, bu mavzu kun tartibidan kotarilgach, Iroqda yana Eron va AQSh raqobatchiligi yuzaga keldi. Masala Iroqda kim koproq tasirga egaligida ham emas. Yana bir arab jamiyatida odamlar islohot talab qilib kochaga chiqdi.2010-yildan buyon Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi ommaviy norozilik namoyishlari mintaqani titratib kelmoqda. Tunis, Liviya, Bahrayn, Suriya, Yaman, Jazoir, Sudan, Misr, Iroq va Livan shular jumlasidandir. Eronning ozida ham kop namoyishlar boldi. Muxolifatga qarshi kurashish uchun yangi strategiya va taktika sinovdan otkazildi.Tunisni aytmaganda, yuqoridagi barcha mamlakatlarda norozilik namoyishlari natijalarini ijobiy deb baholab bolmaydi. Bugun Iroq ham osha ochoqda qaynamoqda, ammo bu norozilik namoyishlari qanday natija bilan tugaydi, hozircha aytib bolmaydi.Bir narsa ayonki, Iroqdagi norozilik harakatlari sektantizmga qarshi ruh bilan sugorilgan. Namoyishchilar Iroq millatchiligi bilan kochalarga chiqqan. Bu vaziyatdan Iroq millatchilari yetakchisi Muqtado as-Sadr foydalanmoqchi.Iroqdagi millatchilik haqida gap ketganda, yoqimli xotiralar esga kelmaydi. Aynan shu millatchilik 1980-yilda IroqEron urushiga turtki bergan va iroqlik kurdlar qatagon qilinishini keltirib chiqargan edi.Amaldagi Iroq bosh vaziri hokimiyatdan kocha noroziliklari natijasida ketadigan bolsa, Iroqda nima sodir bolishini taxmin qilish mumkin.Avvalo, mamlakatdagi ikki yirik parlament guruhi Sayrun va FATH bosh vazir taqdiri borasida turli qarashlarga ega bolib qoladi va mamlakat siyosatda boshi berk kochaga kirib qoladi. Qolaversa, Abdulmahdi bosh vazirlikdan ketadigan bolsa, uning istefosi Iroqni AQShning dostiga aylantiradi degan ishonch yoq. Boshqacha aytganda, Abdulmahdining orniga Sadr keladigan bolsa, u 2018-yilgi saylovdan beri Iroqdan AQSh qoshini olib chiqib ketilishini talab qilmoqda.Shunday vaziyatda Iroqdagi namoyishchilarning ham huquqlarini ikkinchi darajaga tushirib bolmaydi. Ular amaldagi hukumatning xatolarini yuzaga chiqarmoqda. Ular korrupsiya, mamlakatga sodiqlik tushunchasi firqalarga sodiqlik tushunchasidan-da pastroq ekanligidan, iqtisodiy islohotlar samara bermayotganidan norozi bolmoqda.Boris Jonsonning Trampga xush kelgan galabasiBoris Jonson yana besh yilga bosh vazirlik maqomini saqlab qolishi Oq Uyda xursandchilik bilan kutib olindi, deb yozadi The Neewsweek nashri. Foto: Getty ImagesTramp Twitterda Boris Jonsonni galaba bilan tabrikladi:Boris Jonsonni yirik galabasi bilan tabriklayman! AQSh va Buyuk Britaniya Brexitdan song yangi ulkan savdo bitimi tuzish uchun erkin boldi. Bu bitim Yevropa Ittifoqi orzu qilishi mumkin bolgan bitimdan kattaroq va jozibaliroq boladi. Boris, tabriklayman.Congratulations to Boris Johnson on his great WIN! Britain and the United States will now be free to strike a massive new Trade Deal after BREXIT. This deal has the potential to be far bigger and more lucrative than any deal that could be made with the E.U. Celebrate Boris! Donald J. Trump (@realDonaldTrump) December 13, 2019Tramp Londonga safari davomida jurnalistlarga intervyu berar ekan, shaxsan Boris Jonsonni qollab-quvvatlashini takidlagan edi.Yanvar oyida Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqishi AQSh va ingliz hukumati iqtisodiy aloqalarida yangi bosqich bolishi mumkin. Tramp nutqlarida Yevropa Ittifoqini tanqid qilib keladi.Bundan tashqari, Boris Jonsonning millatchi, Brexitchi ong partiyasi Jeremi Korbinning sol partiyasini ulkan farq bilan maglub qilishi Trampga 2020-yilgi saylov oldidan katta ruhiy kuch bagishlashi mumkin.Ammo yumshoqroq Brexit tarafdori bolgan Jonsonning partiyadoshlari orasida Vashingtondan Bryusselni afzal koradiganlari koproq. Jonson parlament saylovida galaba qilishini taminlagan partiyadoshlari orasida keskin Brexitni yoqlaydigani ham kam emas. Lekin ular hukumatni Boris Jonsonga topshirishga rozi bolganining bosh sababi ular avvalgi konservator rahbarda qatiy siyosatni kormagani ham boldi.London universiteti professori Robert Singh nazarida, konservatorlar Jonsonga yana besh yil imkon berganining sababi barqaror hukumat mamlakatni boshqarishini istaganidir.Boris Jonsonning hozirgi kelishuvi qanchalik shoshilinch bolmasin, Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqining bojxona kelishuvidan uzoqlashtiradi va inglizlarga istagan mamlakati bilan erkin savdo shartnomasini tuza olish imkonini beradi. Britaniya Yevropa Ittifoqini yanvar oyida tark etishni rejalashtirgan. Osha davrda yuz beradigan rasmiy London va Bryussel ortasidagi muzokaralarda hozirgi tartib Boris Jonsonga yumshoqroq Brexitga erishishida asqatishi mumkin.Buyuk Britaniya hozirda bir paytning ozida ham AQSh, ham Yevropa bilan silliq kechadigan savdo munosabatlariga ega bololmaydi, chunki Vashington va Yevroittifoq ortasida imzolanishi kerak bolgan Transatlantik savdo va sarmoya hamkorligi muzokaralari boshi berk kochaga kirib qolgan.Saylov kampaniyasi vaqtida Leyboristlar partiyasi matbuotga sizdirgan malumotga kora, ayni paytda Buyuk Britaniya va AQSh ortasida Brexitdan keyingi savdo aloqalari qanday bolishi borasida shartnoma bandlari ochiqlangan.Yangi saylangan Boris Jonson yaqin vaqtlar ichida sogliqni saqlash tizimi kelajagi qanday bolishini ham belgilab olishi kerak. Boisi, Milliy sogliqni saqlash tizimi (NHS) aksar britaniyaliklar uchun bosh masala bolib qolmoqda. Leyboristlar partiyasi oz vaqtida konservatorlarni bu tizimni AQSh xususiy kompaniyalariga sotganlikda ayblab chiqqan edi. Biroq Jonson bu tizim hech qachon AQSh va Buyuk Britaniya savdo muzokaralari kun tartibidan joy olmaganini aytdi.Nima bolganda ham, Jonsonning galabasi Bryusselga Brexitga tayyorlanish va konikish signalini, Oq Uyning amaldagi egalariga esa 2020-yilgi saylovda galaba qilish umidini, britaniyaliklar uchun kutilmagan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchni tugdirmoqda.Jahongir Ergashev tayyorladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0