Boshqa nominantlarga ensam qotdi. Markaziy studiya boshlovchilari sahnadagi janjaliga oydinlik kiritdi (video)

Xalqlar dostligi sanat saroyida televideniye, kino, sanat va madaniyat sohasi vakillari uchun Yoshlar va Mening yurtim telekanallari tomonidan tashkil etilgan Oltin kabutar2019 taqdimoti bolib otdi.Taqdimotda Markaziy studiya korsatuvining boshlovchisi Sarvar Bahodirov tomonidan Aslida eng yaxshi korsatuv nominatsiyasida goliblikni Yolovchi korsatuvi olsa ham biz xafa bolmas edik. Chunki din targiboti yolida xizmat qilayotganlarni har qancha olqishlasak arziydi. Lekin shuni ham aytmoqchimizki, bugun Markaziy studiya xalq oldiga chiqib, ommani oldida qorqmasdan haqiqatni gapirib kelyapti. Xalqlar dostligi saroyi sahnasidan turib, Markaziy studiya uchun achinmaymiz, faqat xursand bolamiz. Lekin dostim Amirxon Umarovga achinmadim, boshqa nominantlarga ensam qotdi, togrisi, balki bu joyi ketmas efirga, balki bu sahnaga bizni boshqa taklif etishmas, lekin tashkilotchilikdagi juda katta kamchiliklarni sezib otiribmiz, mazmunidagi sozlari katta shov-shuvlarga sabab boldi. Foto: GoogleMarkaziy studiya korsatuvi boshlovchilari Daryo muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida ushbu gap-sozlarga sabab bolgan kamchiliklar haqida gapirib berishdi.Osha kungi Oltin kabutar dagi kelishmovlar repititsiya jarayonida boshlandi. Biz bir necha kun oldin yigildik. Kopchilik intervyulari bilan taniydigan odam ozini rejissorligini malum qildilar. Osha joyni ozida muloqat juda qopol tarzda boshlandi. Men rejissorman, sizlarga yordam bermoqchiman, mening aytganimni qilinglar mazmunida gapirdilar. Nima uchun bu yerga kelganlaringizni bilasizlarmi?, deganlarida men Biz sizni hozir biroz tushunmayapmiz dedim. Chunki biz u odamni intervyulari bilan koproq taniymiz. Shundan keyin menga qarshi bir-ikkita gaplar boldi. Keyin bazi hamkasblarimiz bilan kelishmovchiliklar boldi. Songra Amirxonga Oltin kabutarni tomoshabinlar qatorida tomosha qilaylik dedim. Baribir nomzodlar orasida bizning nomzod ham bor ekan. Boshlovchilik qilmay qoya qolaylik, bizdan kattalar boshlovchilik qila qolsin dedik. Fiklarimiz maqullandi, tadbirni yoshi kattalar olib borishadigan bolishdi.Birinchi repitetsiyadagi vaziyatdan kelib chiqib, sahnadagi rejissorlik ishlariga qarshi chiqmoqchi emasdim. Jarayonni tomoshabinlar qatorida kuzatib otirdik, sahnadagi rejissorlik ishlaridan yonimdagi sanat vakillari ham bir-birlariga qarab qoyishdi. Yilning eng yaxshilarini taqdirlayotganlarida biz bularning mezoni qanday bolganini, nima uchun bular eng yaxshilari bolganini oyladik. Nima asosida ular eng yaxshi deb tanlab olindi?! Boshlovchilarning monitor bilan ishlashida rejissor tomonidan kamchiliklar boldi. Sahnada tashkilotchilik deb gapirib yubordim, lekin aslida rejissor tomonidan kamchiliklarni nazarda tutgan edim.Korganlar, kuzatganlar biladi, boshlovchilar orasida tanaffuslar, bir-birini toldirib ketolmaslik hollari kuzatildi. 4000 kishilik zalga jon kirgiza olish bu boshlovchining vazifasidir. Boshlovchiga rejissor topshiriq beradi, ammo boshlovchini ozi ham bu vazifani bajara olish kerak. Keyin ayrim nominatsiya goliblarini biz tanimadik. Bizning hamkasbimiz bolsa ham tanimaslik, kuzatmaslik balki bizning aybimizdir. Lekin rostan ham Eng yaxshi telejurnalist hamda Eng yaxshi teleboshlovchini men taniganim yoq.Togri, SMS orqali ularga ovoz berildi. Bu tomoni shaffof bolgandir deb oylayapman-u, lekin ichini bilmayman. Menda shunaqa tushuncha borki, shaxsiyatdagi kamchilikni ozini chetga tortib aytish kerak. Lekin uning ishiga nisbatan kamchilikni baralla aytsa boladi. Ertaga u holni takrorlamasligi uchun. Shu bilan qolimga mikrofon tegib qoldi va osh gaplarni gapirdim. Abdulla Qahhorning bir gapi bor: Qorqsang gapirma, gapirsang qorqma!. Biz gapirish bosqichidan otib bolgan edik. Qorqish-qorqmaslik bosqichida turgan edik. Ikkinchisiga amal qildik. Gapirsang qorqma. Nima bolsa boldi, Allohga tavakkal. Keyin parda ortida muloqotlar boldi. Mana shu media sohasi ichida yurganlar bizga tosh otishdi. Eng kop tosh otganlari ular boldi. Lekin tomoshabin sifatida u yerda bizni kopchilik qollaganini olqishlardan ham sezish mumkin.Blogerlarning fikriga umuman qiziqqanim yoq. Ayrim telekanallarda ishlaydigan media sohasini ichida aylanib yurganlarning fikriga ham qiziqqanim yoq. Birinchi eng yaqin dostimdan U yerda qopol gapirganmidim? deb soradim. Uning fikri shunday boldi: Hammasi yaxshi, konglingni xotirjam qilsang boladi. Menimcha, ochiqcha aytganing har tomonlama maqul. Keyin ota-onam bilan maslahatlashaman. Boshqa mayda-chuyda gap-sozlar umuman qiziqtirmaydi . Gapga aralashib yursangiz, rivojlana olmaysiz. Ensam qotdi joyini biroz qopol gapirib qoyibsan, osha joyda sal ozingni bilmay qolganing bilindi. Keyingi safar bu xatoni qilmagin, deyishdi. Keyin bu xatoyimni tan oldim. Lekin ijtimoiy tarmoqdagilarga rasmiy munosabat ham bildirganim yoq. Bizda eng kuchli qurolefir. Efir davomida bir-ikkita ilmoqli gaplarni gapirdim.Sarvar Bahodirov, Markaziy studiya korsatuvi bosh muharriri va boshlovchisiMarkaziy studiyaning yana bir boshlovchisi Amirxon Umarov ushbu vaziyatni quyidagicha izohladi:Ochig'ini aytsam, Eng yaxshi telejurnalist nominatsiyasida men golib bolmasligimni konglim sezayotgan edi. Lekin men xursand bolgan taraf shundaki, konsertni korgan bolsangiz, golibni elon qilishga chiqqan shifokor Amirxon Umarov deganida zalning qiyqirigini eshitgan bolsangiz kerak. Togri, adashib ketdi, lekin osha shovqin va qarsaklardan juda xursand boldim. Lekin ikkita boshlovchi bu yerda anglashilmovchilik boldi deb yanglishganini aytishdi. Men uchinchi orinda ekanman. Osha paytda nahotki dedim... Chunki birinchi va ikkinchi turlarda ovozlar boyicha birinchilikda kelayotgan edim. Uchinchi va tortinchi turda telefon orqali SMS yozishda pastki oringa tushib ketibman. Undan keyin osha gapni aytishga majbur boldim.Osha ikkita hamkasbimni togrisi tanimayman. Qaysi korsatuvni olib borishlarini osha kuni bildim. Davr korsatuvida boshlovchi ekan. Lekin tanimas edim. Shuning uchun ham togrisini aytdim, osha hamkasblarimga qaraganda men kamroq ishlabman. Koproq ijod qilishga, koproq oz ustimda ishlashga harakat qilaman degan manoda gapirdim. Lekin oxirida hamkasbim Sarvarning fikrlaridan keyin men ham ruhlanib ketdim. Juda togri fikrlar boldi. Emotsiyaga berildik, lekin u yerda yolgon, toqima gaplar bolgani yoq.Amirxon Umarov, Mening yurtim telekanali bosh prodyuseri, Markaziy studiya korsatuvi boshlovchisiMalumot uchun, Oltin kabutar2019da Eng yaxshi telejurnalist nominatsiyasida 1-orin Miraziz Mirzaahmedov Yoshlar telekanali, 2-orin Dilfuza Ismoilova Yoshlar telekanali, 3-orin esa Amirxon Umarov Mening yurtim telekanali boshlovchisiga nasib etgan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0