Ozbekiston Milliy gvardiyasi togridan togri Prezidentga boysundirildi

Yalpi majlisda senatorlar Milliy gvardiya togrisidagi Ozbekiston qonunini korib chiqdi, deb xabar bermoqda OzA. Foto: DaryoQonun Milliy gvardiyaning maqomini, vakolatlarini, vazifalari va funksiyalarini belgilash, shuningdek, uning faoliyatining huquqni muhofaza qilish xususiyatini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan. Qonunga kora Milliy gvardiya Ozbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi harbiy tuzilmalarga ega bolgan huquqni muhofaza qiluvchi organdir.Belgilab qoyilishicha, Milliy gvardiya oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar esa Milliy gvardiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda oz vakolatlari doirasida komaklashishi shart. Bundan tashqari, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarish majburiyligi nazarda tutilmoqda.Qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish, yagonalik, mustaqillik Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari etib belgilanmoqda, ularning mazmuni va mohiyati ochib berilmoqda.Milliy gvardiyaning tarkibi mustahkamlanmoqda. Jumladan, Milliy gvardiyaning tarkibiga markaziy devon, hududiy boshqarmalar, harbiy tuzilmalar, talim va tibbiyot muassasalari, shuningdek, Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa bolinmalar va tashkilotlar kiradi.Shu bilan birga, Milliy gvardiya bevosita Ozbekiston Prezidentiga boysunadi va unga hisobdordir, Milliy gvardiyaga Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qomondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qomondoni maqomiga kora vazirga tenglashtiriladi. Bundan tashqari, Milliy gvardiyada harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy xizmatni otash tartibi va shartlari, ularning huquqiy maqomi nazarda tutilmoqda.Shu bilan birga, qonun bilan qonun normalari talablaridan kelib chiqib, Jinoyat-protsessual kodeksga va Tezkor-qidiruv faoliyati togrisidagi qonunga ozgartirish va qoshimchalar kiritilmoqda.Senatorlar qayd etganidek, qonun qabul qilinishi Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi oz xizmat va harbiy majburiyatlarini ishonchli, tashabbus bilan va moneliksiz bajarashini taminlashga salmoqli hissa qoshish imkonini beradi.Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0