Odamlar kerakli narsa qimmatlayverishidan charchadi

Tashqi savdo, eksport-import operatsiyalari iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishda muhim orin tutadi. Dunyoda aholisini barcha turdagi mahsulotlar bilan ichki ishlab chiqarish orqali toliq taminlaydigan biror mamlakat yoq. Iqlim, geografik joylashuv, tabiiy resurslar, ilmiy-texnik imkoniyat, infratuzilmaning turlichaligi ishlab chiqarish sanoatida ham sezilarli tafovutni yuzaga keltiradi. Natijada xalqaro tovar almashish faollashadi mahsulot va xizmatlar mamlakat tashqarisiga eksport qilinadi va chet el tovarlari, texnologiyalar ichki bozorga import qilinadi. Bu normal holat.Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mamlakat tashqi savdosida eksport va import muvozanatini saqlash, pirovardida xalqimiz farovonligini oshirish bizning asosiy maqsadimiz bolishi lozim.Ayni kunda iqtisodiy barqarorlikni taminlovchi omil sifatida eksportga yetarlicha imtiyoz va preferensiyalar berilayotgan bolsa-da, import siyosatida boshliqlar mavjud. Bu jarayon bojxona bojlari, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa mamuriy tosiqlar bilan chegaralangan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ibtidoiy usulda (proteksionestik) himoya qilinishi import boj stavkalarini yuqoriligini keltirib chiqargan. Togri, mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan maxsus texnika, uskuna, butlovchi qismlar, dori vositalari, tibbiy texnika va hokazolar boj tolovlaridan ozod qilingan. Ammo aholining kundalik istemolida birlamchi orin tutuvchi muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bolgan tovarlar uchun alohida bojxona boji va tolovlari boyicha imtiyozli stavkalar ornatilmagan. Ozbekiston Respublikasining tashqi savdo tahlili ham amaldagi bojxona bojlari stavkalari iqtisodiyot rivojiga salbiy tasir korsatishi mumkinligini korsatmoqda. Zotan, ichki bozorda qaysidir tovarning muqobili yoqligi yoki kamligi, uni chetdan olib kelishda yuqori boj tolovlari belgilangani odamlarni yuqori narxdagi, sifatsiz mahsulotlarni xarid qilishga majbur etadi.Xalq demokratik partiyasi xalqaro savdo-iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish, mamlakatimizda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan tovarlar uchun bojxona boji va tolovlari boyicha imtiyozli stavkalarni ornatish zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.Joylarda tadbirkorlik subyektlari, ishlab chiqaruvchilar va biznes vakillari bilan otkazilgan muloqotlar chogida ham aholining birlamchi zarur tovarlar(masalan, don, un, gosht va boshqalar)ning narxlari oshayotganidan noroziligi, chet eldan tovarlarni olib kirish qimmatga tushayotgani, haligacha import tovarlariga notogri munosabatda bolinayotgani ayon boldi. Vaholanki, xalqaro amaliyot ichki bozorni turli iqtisodiy cheklovlar yordamida tashqi bozordan himoyalashga qaratilgan proteksionizm siyosati bugun eskirgani, iqtisodiy taraqqiyot yolida tosiqlar keltirib chiqarishi, savdo erkinligi, istemolchi huquqlariga putur yetkazishini korsatmoqda.Demak, zarur orinlarda importni qollab-quvvatlash; bozor qonuniyatlari, aholi ehtiyojini inobatga olish tamoyillari asosida import boji stavkalarini qayta korib chiqish va optimallashtirish zarur.Shuni inobatga olgan holda mamlakatimizda yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bolgan tovarlar uchun bojxona boji va tolovlari boyicha imtiyozli stavkalarni ornatish nihoyatda dolzarb vazifadir.Bozorlarda tokinlik va arzonchilik bolishi, kundalik zarur tovar va xizmatlar narxlari hamda tariflari belgilangan meyorlardan oshib ketmasligi ichki va tashqi savdodagi erkinlik, qulay shart-sharoit orqali amalga oshadi. Buning uchun avvalo, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlari hamda royxatini belgilash davlat tomonidan tartibga solinishini qonuniy jihatdan mustahkamlash kerak. Kundalik turmush uchun zarur mahsulotlar narxining barqarorligi aholining milliy valyutaga bolgan ishonchni ham oshiradi. Oddiy xodimning oylikdan oylikkacha bolgan xarajatlari teng va togri taqsimlandi.Shuningdek, tabiiy xomashyo, deylik, ruda va muhim ijtimoiy ahamiyatga molik bolgan un-don kabi mahsulotlariga imtiyozli (0 foizli), birlamchi bolmagan, inson salomatligiga salbiy tasir korsatadigan tovarlarga yuqori foizli boj stavkalari ornatilishi maqbul. Shu orqali zarur mahsulotlarga keng yol ochiladi, ekologiya, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarning yoli tosiladi. Qolaversa, import ornini bosuvchi ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot ishlab chiqaruvchilarga import tovarlaridan olinadigan daromadlarning bir qismini imtiyozli kredit berishga yonaltirish tartibini joriy etish ham maqsadga muvofiq.Bojxona stavkalari optimallashtirishi iqtisodiyotning liberallashuvi, erkin bozor mexanizmlari tolaqonli ishlashini kafolatlaydi. Bu esa iqtisodiy rivojlanish, aholi turmush darajasi yuksalishiga xizmat qiladi. Biz mustaqilOzbekistonning xalqaro bozorda oz ornini yanada mustahkamlashini istar ekanmiz, aholiga birlamchi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarni arzon narxlarda yetkazib berishimiz, talab va taklifni hisobga olgan holda bozorlarda barqarorlikni taminlashimiz lozim, deb hisoblaymiz.Biz har bir insonning hayotiy ehtiyojlari kafolatli taminlanishi tarafdorimiz!Ravshan Xomitov, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiriReklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0