Yulduz Usmonova 10 yil zapretda yurishiga sabab bolgan voqealarni gapirib berdi (video)

Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti Yulduz Usmonova Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.Yulduz Usmonova suhbat davomida songgi zapretga sabab bolgan voqealar haqida gapirib berdi.Allohni tanigan insondan yomonlik chiqmaydi, otam rahmatli bizga oyatlarni orgatardilar, bilganlarini, yodlaganlarini bizga ham yodlatardilar. Oxirgi zapret, albatta, qoshiqlarimizdan bolgan. Organsinlar Quronni degan qoshiqlarimiz bolgan. Men diniy fanat yolida emas, Allohdan qorqishni orgatish kerak, degan manoda aytgandim. Osha paytda shu qoshiqni aytmaysan deb xat ham yozdirib olishgandi. Men shu ojarligim, xarakterim tufayli aytmayman deb sahnaga chiqqanimda aytib yubordim. Men sanatkorman, birovdan qorqishga vaqtim yoq, xohlamayman. Chunki men birovga ziyon qilayotganim yoq. Nega mening qoshiqlarimdan qorqasan?! Aytdim, otdim... Ha, qoshiqlarim kuch ekanmi?! Demak, kerakli mavzu! Mavzudan qorq, bu mavzuni men yopsam, ertaga boshqasi ochadi. Bu faqat bitta misol.Turkmanistonda yonimda ishlab yuradigan Akmal degan mamurim olgani yoq, osha keyin-keyin aytib berdi, doppi deyishardi. Kelsam uch kunga qolmay jonatib yuborgandi. Azizxojayevlar yoqotasan buni bu yerdan, degan ekan.Men birovga gina ushlayotganim yoq.Andijon boyicha bolsa kerak, aytasan deyishganda aytmaganman. Men unisini ham, bunisini ham boshida bolmadim, men siz tarafda ham, bu tarafda ham bolmayman, men Allohning haqiqati tomonda bolaman deganman. Oshandan song osha mansabdor odam bilan stadionda yoqalashganman. Hamma korgan. Uch-tortta shunaqa narsalar bolgan. Xudoni ishini qarang, ozining shogirdi galstugini boshiga kiydirib qoydi.Sorayapsiz aytyapman-da, hozir demokratiya, gapirsa boladi. Shu omon-omon zamon kelganiga Xudoga shukr.Keyin Gulsanam aytdi shu ashulani. Menga shu sozlarni aytasan deb berganida meni boshim ikkita emas, men Allohdan qorqaman deganman. Tepada jannatmish-da, pastda Ozbekiston emish, kechirasiz-u qongiz bolasini oppogim der ekan-da endi. Lekin Allohni ishiga aralashib bolmaydi. Nima bolganda ham tepadagi jannatga solishtira olmaysan. Men ozim qorqdim, mumkin boshqasi qorqmadi aytdi. Men Allohdan qorqdim, jannat degan yurtim mana bunaqa boladi deb sanga har xil narsalar bolishidan, yurtimga koz tegib qolishidan, bu shirkka ham kirib qoladi degan manoda aytmayman deganman. U odam boshqalar bilan juda qopol, bepisand gaplashar edi. Shundan song yoqalashganmiz, men shunaqa urushqoqman.Yulduz Usmonova, Ozbekiston va Qoraqalpogiston xalq artisti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0