Toshkentda yuk mashinasining kuzovi ko‘prikka urilib tushib qoldi

Toshkentning Chilonzor tumanida yuk mashinasi ishtirokida noodatiy YTH sodir bo‘ldi. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiToshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, voqea 14-dekabr kuni soat 7:30 da Chilonzor tumanidagi Gavhar ko‘chasida sodir bo‘lganMa’lum bo‘lishicha, 61 yoshli haydovchi B.A. Hohan yuk mashinasini bort kuzovi ko‘tarilgan holda haydab ketayotgani sababli u beton ko‘prikka urilgan. Oqibatda yuk mashinasining borti chiqib ketib, vertikal holda turib qolgan. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatiYuz bergan YTHga haydovchining bort kuzovini oxirigacha tushirmagani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0